×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:12:30 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - avgust 2019

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, milliy gʻoyani rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, yorqin isteʼdodi va serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati, samarali xizmatlari, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”

Tursunnazarov Yigitali – Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti professori, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi”

Turdiyeva Kavsar Sheraliyevna – Toshkent pediatriya-tibbiyot instituti oʻzbek, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi”

Alimova Xalida Raufovna – Jizzax viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Ismailov Zunnur Tursunovich – M.M.Fedorovich nomidagi klinik sanatoriyasi rahbari, Toshkent shahri

Kim Vitaliy Yakovlevich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filiali 1-jonlantirish boʻlimi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”

Ziyoyev Ural Abulqosimovich – Oqdaryo tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yunon-rum kurashi boʻyicha katta murabbiyi, Samarqand viloyati

Mirzayev Abdirashid – Chiroqchi tumanidagi “Abdirashid polvon Mirzayev” kurash klubi treneri, Qashqadaryo viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”

Radzivil Svetlana Mixaylovna – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi


Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligini taʼminlash ishiga qoʻshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi koʻp yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan

Yuldashev Baxadir – “Diydor” teatr-studiyasi badiiy rahbari

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Yormatov Shermat – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Bulbulcha” bolalar xor va raqs jamoasi badiiy rahbari

Ismailov Xashimjon – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli badiiy rahbari

Karimova Surayo Ubaydullayevna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Rafikov Abzal Azimovich – Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri aktyori

Siyayev Sagdulla – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

Tuxtabayev Xudayberdi – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

Yusupova Nortoji Chonayevna – Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi direktori, Namangan viloyati

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Adilov Yusufjon Bakiyevich – Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, ganchkor usta

Alimov Shavkat Arifdjanovich – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorining ilmiy konsultanti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi

Anarbayev Abdulxamidjon – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutining Toshkent boʻlimi boshligʻi

Babadjanova Guldjaxan Sattarovna – Toshkent tibbiyot akademiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri

Badalbayev Salimdjan Sabirdjanovich – Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, xattot

Baytayev Gʻiyos Axmadkulovich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining “Navroʻz” ashula va raqs ansambli oliy toifali xonandasi

Begmatov Saibjon Maxmudovich – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi bosh direktori, maqomshunos

Buriyev Amanulla – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti boʻlim boshligʻi

Dustmuradov Beknazar – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti milliy qoʻshiqchilik kafedrasi mudiri, dotsent

Jalilova Klara Alimadatovna – Mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori

Ibragimbekova Gulchexra – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Ibragimov Abdinabi Begimqulovich – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi

Iosis Igor Zinovyevich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi ovoz rejissyori

Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi anʼanaviy ijrochilik kafedrasi professori

Kalanov Asliddin Djurayevich – Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi dotsenti

Madraximova Gulmira Ulmasjanovna – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Navbahor” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

Matyakubova Gavxar – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi sahnalashtiruvchi baletmeysteri

Nazarxanova Sevara Anvarjanovna – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Nishanov Xatam – Jizzax viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Poyanov Abdinazar – Qiziriq tumanidagi “Qoʻngʻirot” folklor-etnografik xalq dastasi badiiy rahbari, baxshi, Surxondaryo viloyati

Pulatova Naima Qudratovna – Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri oliy toifali solist-vokalisti

Suyunova Zamira Rajabovna – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi anʼanaviy xonandalik kafedrasi dotsenti

Tojibayev Komil Sharobitdinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori

Toʻychiyev Islomali Rayimovich – Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasining 17-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Andijon viloyati

Toʻychiyev Yalkin Erkinboyevich – “Oʻzbekfilm” davlat unitar korxonasi rejissyori

Umirzakov Baltoxodja Yermatovich – Toshkent davlat texnika universiteti umumiy fizika kafedrasi professori

Fayzullayev Xikmatulla Rashidovich – Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining rassomlik boʻlimi oʻqituvchisi

Xakimov Sadulla – Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

Xidirov Irsali – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi

Shamsutdinov Rustambek Temirovich – Andijon davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori, Andijon viloyati

Yusupov Ibroximjon Yunusovich – Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori

Yusupov Shukurulla – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Ismailova Toxira Abdusamadovna – Yangiyoʻl tumanidagi “Kichkintoy” bolalar uyi bosh shifokori, Toshkent viloyati

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Axmedova Maryam Xalilayevna – Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Bozorov Naim Nazarovich – Peshku tumani tibbiyot birlashmasining “Boqimirishkor” qishloq vrachlik punkti mudiri, Buxoro viloyati

Ibragimova Zuxra Ametovna – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari – Qoraqalpogʻiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Mirsoliyeva Mukaddas Kamolovna – Boʻka tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati

Nishanbekova Shaxida Mashrabbekovna – Dangʻara tumanidagi “Abu Bakr ar-Roziy med servis” xususiy klinikasi bosh shifokori, Fargʻona viloyati

Turayev Baxtiyor – Qashqadaryo viloyati koʻz kasalliklari shifoxonasi mikroxirurgiya boʻlimi shifokori

Usmanov Agzamjon Nayabjanovich – Olmazor tumanidagi “New Life Medical” xususiy klinikasi yadro tibbiyot markazi rahbari, Toshkent shahri

Chuprova Valentina Aleksandrovna – Respublika qon quyish markazi direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri

Abdullayeva Guldjan Djumashovna – Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Abdullayeva Kamola Jaxangirovna – V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining torli cholgʻular boʻlimi violonchel sinfi oʻqituvchisi

Abdullayeva Muxabbat Xodjialimovna – Oʻzbekiston davlat drama teatri oliy toifali aktyori

Ablaqulov Oʻktam Oʻlmasovich – “Polaris Technologies” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktorining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent shahri

Akbarova Gulnora Ilyasovna – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining badiiy ekspertiza boshqarmasi bosh sanʼatshunos-eksperti

Allayev Kaxraman Raximovich – Toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari kafedrasi professori

Alniyazov Aytmurat Ismailovich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Bayjanov Allabergan Kadirovich – Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bosh shifokori

Begimov Murat Polatovich – Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri bosh rejissyori

Bekmuradov Mansur Bobomuradovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri

Bolobolov Vladimir Vladimirovich – Fargʻona viloyati 3-sil kasalliklariga qarshi kurashish dispanseri davolash boʻlimi mudiri

Buzina Olga Nikolayevna – Samarqand viloyati nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi direktori oʻrinbosari

Burmich Olga Aleksandrovna – Fargʻona viloyati rus drama teatri oliy toifali aktyori

Vasilyeva Irina Anatolyevna – Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi qilichbozlik boʻlimi murabbiyi

Vaxabova Firuza Narimanovna – Yakkasaroy tumanidagi “Lider bolalar maktabi” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Toshkent shahri

Golender Boris Anatolyevich – Toshkent shahridagi Sergey Yesenin muzeyi ilmiy xodimi

Yeshanova Tamara Koshanovna – Qoraqalpogʻiston Respublikasi nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi hamshirasi

Jamoldinov Akmaljon Zaylobiddinovich – Toshkent shahar “Turkiston” saroyi bosh rassomi

Kabinov Istam Ashurovich – Kogon shahridagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi boks sport turi treneri, Buxoro viloyati

Kadirova Barno Azimovna – “Oʻzbekfilm” davlat unitar korxonasi aktyori

Kaxarov Erkin Olimovich – Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi boʻgʻinidagi xoreografiya kolleji oʻqituvchisi

Kurbanova Dilaram Sultanovna – Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmasining “Oqoltin” qishloq vrachlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati

Madiyev Jumanazar Haydarovich – Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasining “Xoʻjaipok” qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot shifokori, Surxondaryo viloyati

Molokova Lyudmila Ivanovna – Toshkent shahridagi “Vega Med Xaus” xususiy klinikasi gastroenterolog shifokori

Muxamedova Uguloy Nizomovna – Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining xoreografiya kafedrasi oʻqituvchisi

Nagashibayeva Kamash Nagashibayevna – Tomdi tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Navoiy viloyati

Narizova Iba Kushjanovna – Konimex tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Navoiy viloyati

Normatov Ilxom Nurmatovich – Jizzax viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori

Oteniyazov Jumaniyaz Paluanovich – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Pirnazarova Aygul – Nukus shahridagi I.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Raximdjanova Ilmira Riskaliyevna – “Oʻzbekfilm” davlat unitar korxonasi aktyori

Raximov Kaxxor Abdiyevich – Dehqonobod tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi, baxshi, Qashqadaryo viloyati

Rejametova Fotima Tuganbayevna – Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri aktyori

Sabirov Agʻabay Karimovich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

Sabirova Umida Pulatovna – Urganch shahridagi “Nihol” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Xorazm viloyati

Tuxtayev Murod Bakidjanovich – Toshkent shahar xoʻjalik hisobidagi eshitish va nutqni tiklash hamda ovoz reabilitatsiyasi markazi shifokor otolaringologi

Fozilov Joʻra Vahobovich – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, Buxoro viloyati

Xalmurzayev Tashmurza – sharqshunos olim, Toshkent shahri

Xalmurzayeva Atirgul Isakovna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bogʻi mutaxassisi

Xojabergenov Daribay Aytbayevich – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri vokal artisti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Xudoyarov Solijon Azimovich – Fargʻona viloyati sport yakkakurashiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi taekvondo boʻlimi oʻqituvchisi

Hikmatova Xolida Nusratovna – Buxoro shahridagi 9-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori, Buxoro viloyati

Shamsutdinov Rustam Dinamovich – ommaviy bayram tadbirlari rejissyori, Toshkent shahri

Sharapova Gulbaxor Isomovna – “Gʻijduvon diagnostika maskani” xususiy klinikasi direktori, Buxoro viloyati

Shubin Vyacheslav Yegorovich – suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻlimi treneri, Toshkent shahri

Eshonkulov Joppor Saliyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi direktori

Yuldashev Alisher Xaitovich – Xorazm viloyati musiqali drama teatri sahnalashtiruvchi rejissyori

Yusupova Ogulnabat – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri orkestri artisti


Mamlakatimizda ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Dilnoz Kengeshbayevna – Qoʻngʻirot tumanidagi “Wunderkind in Kungrad” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Alimaxsumov Kamoliddin Moxirovich – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli birinchi toifali xonandasi

Babayeva Oyniso Ambiyayevna – Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri birinchi toifali vokal artisti

Bazarbayev Polat Joldasbayevich – Nukus shahridagi 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabining karate sport turi boʻyicha oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Baymatov Sirojiddin Giyasovich – Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi, ganch oʻymakori

Bokiyev Jamolxon Turgunpulatovich – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Namangan viloyati boʻlimi rahbari

Djabbarova Guliston Muzaparovna – Samarqand viloyati musiqali drama teatri oliy toifali vokal artisti

Djurayev Baxtiyar Mamadaminovich – Surxondaryo viloyati silga qarshi kurashish dispanseri bosh shifokori

Yesemuratov Baxtiyar Sagidullayevich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi direktori, jirov

Zakirov Shuxrat Rixsivayevich – Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi, bastakor

Zaripov Bunyodbek Davronbek oʻgʻli – Toshkent Turin politexnika universitetining dasturiy taʼminot yoʻnalishi talabasi

Ibragimov Umid Sayfullayevich – Jizzax viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi direktori

Ismailova Saida Xusanovna – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Milliy simfonik orkestri oliy toifali artisti

Kenjayev Bobir Qandiyorovich – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali xonandasi

Qurbonov Abdukarim Qayumovich – Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasining Sherobod tumani filiali mudiri

Lutfullayeva Muborak Baxrullayevna – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Yosh isteʼdodlar” kamer orkestri badiiy rahbari

Maksudov Farxod Alijonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti direktori

Mengliyev Abdijalol Toshtemirovich – Termiz shahridagi “Oʻtan polvon” xususiy diagnostika va davolash markazi rahbari, Surxondaryo viloyati

Murodov Sharofiddin Tojiddinovich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Oʻzbek milliy mumtoz ashula ansambli xonandasi

Muxamedova Aziza Nurmaxmatovna – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Mamatova Shirin Mamadjanovna – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Muxitdinova Nasiba Axmadqulovna – Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining Hamid Olimjon va Zulfiya filiali katta ilmiy xodimi

Norkuziyev Murod Madaminovich – R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi anʼanaviy ijrochilik boʻlimi oʻqituvchisi

Orinbayeva Ulbosin Adilbayevna – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi

Raxmanova Xojibibi Raimberganovna – Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining “Al-Xorazmiy” qishloq vrachlik punkti mudiri, Xorazm viloyati

Raxmonov Sherali Mamajonovich – Fargʻona viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi maqom ansambli xonandasi

Rizayeva Gulnora Shonazarovna – Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri aktyori, Samarqand viloyati

Rustamov Batir Nazarovich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati boʻlimi sahnalashtiruvchi baletmeysteri

Roʻzmatov Olimjon Alijonovich – Shahrisabz shahridagi “Oila va nikoh diagnostika markazi” xususiy klinikasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati

Saidov Akmal Baxtiyorovich – “Oʻzbekfilm” davlat unitar korxonasi oliy toifali postanovkachi rassomi

Saidov Bunyod Yusupovich – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi Xorazm viloyati boʻlimi xonandasi

Salimov Saibdjan Norovich – Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi, ganchkor-naqqosh

Samarov Xonkul Qahhorovich – Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi tasarrufidagi Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasi mudiri

Sultonov Dilmurod Oʻktamboyevich – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi Xorazm viloyati boʻlimi xonandasi

Tobias Sergey Vladimirovich – Yunusobod tumanidagi “Lor plyus servis” xususiy klinikasi otolaringolog shifokori, Toshkent shahri

Tojibayeva Mukaddas Xoldarovna – Pop tumanidagi “Muruvvat” nogironlar internat uyi hamshirasi, Namangan viloyati

Turayev Akmal Botirovich – Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri bosh dirijyori

Turdiyeva Roxat Yuldashevna – Mirobod tumanidagi 2-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori, Toshkent shahri

Toʻxtamurodov Behzod Toir oʻgʻli – Toshkent davlat texnika universiteti mexanika fakulteti texnologik mashina va jihozlar kafedrasi magistranti

Ubaydullayev Furkat Xamidullayevich – R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi kamonli-torli cholgʻular boʻlimi oʻqituvchisi

Fozilov Xurshid Gʻayratovich – Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori, Qashqadaryo viloyati

Furman Mixail Evaldovich – Olmaliq shahridagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Toshkent viloyati

Shodmankulov Uktam Mamatkulovich – Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, hunarmand, Sirdaryo viloyati

Shodmanov Umid Xamidullayevich – Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyori

Shamurotova Mohichehra Abdinabiyevna – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi anʼanaviy xonandalik kafedrasi oʻqituvchisi

Erkinov Muzaffarxon Erkin oʻgʻli – “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi kinorejissyori, Toshkent shahri

Eshboyev Maxammad Temiraliyevich – Termiz shahridagi 22-bolalar musiqa, sanʼat va baxshichilik maktabi oʻqituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

Yunusova Nigoraxon Yusupjonovna – Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyotini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Yusupov Abdulaziz Yaqubjonovich – Andijon tumani madaniyat markazining badiiy rahbari, Andijon viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 28-avgust



Marta o`qilgan: 285