×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:46:19 (GMT +5), chorshanba, 23 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - iyun 2019

Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini soddalashtirish, tugatish jarayonini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy cheklovlarni bekor qilish, biznesni yuritish boʻyicha xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yanada yaxshilash, shuningdek, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarni tugatish;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini bekor qilish;

davlat organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini joriy etish orqali tadbirkorlik subyektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va tartib-taomillarni qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:

a) tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarni(keyingi oʻrinlarda – korxonalar) ixtiyoriy tugatishda:

bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi;

davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni olish Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda – Tizim) orqali amalga oshiriladi;

korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddatiroʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak;

b) tadbirkorlik subyektlari – jismoniy shaxslar faoliyatini toʻxtatishda ariza beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasini olish talab etilmaydi;

v) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda:

korxonani moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos boʻladigan muddat toʻqqiz oyni tashkil etadi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan uch yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkaziladi;

harakatsiz rejimga oʻtkazilgan korxonalar faoliyati uch yil davomida tiklanmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ularni Tadbirkorlik subyektlarining Yagona davlat reyestridan chiqaradi.

3. Belgilab qoʻyilsinki, Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlarning oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli tarzda kiritilishini taʼminlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibini buzish deb hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlar oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli tarzda kiritilishi ustidan, shu jumladan, Tizim orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bir oy muddatda ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini qabul qilishda arxiv xizmatlarining amaldagi normativ boʻyicha aniqlanadigan narxlarini ikki barobargacha pasaytirish choralarini koʻrsin hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Tizimni mazkur Farmon talablariga moslashtirish, manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining unga ulanishlarini tashkil etish boʻyicha moliyalashtirish manbalari aniq koʻrsatilgan chora-tadbirlar dasturini;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan uch yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkazish, faoliyati uch yil davomida tiklanmagan taqdirda ularni Tadbirkorlik subyektlarining Yagona davlat reyestridan chiqarishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihalarini;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 7-iyun



Marta o`qilgan: 966