×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:43:25 (GMT +5), seshanba, 19 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Standart versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


25 - may 2019

Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4069-son qaroriga muvofiq, shuningdek, eksport va eksportoldi moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sugʻurtalash mexanizmlarini samarali tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibini oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) eksport qiluvchilarga:

tijorat banklarining eksportoldi kreditlari, shu jumladan, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun berilgan kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 10 foizlik punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 4 foizlik punktdan oshmagan miqdordakompensatsiya taqdim etadi;

tijorat banklarining kreditlari, shu jumladan, eksportoldi kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 4 milliard soʻmdan oshmagan miqdordakafillik beradi.

Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5587-son Farmoni 1-ilovasida koʻrsatilgan xomashyo tovarlari eksportiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarmaning buyurtmanomalari asosida 2019-2020-yillar davomidaushbu bandda koʻrsatilgan maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 50 milliard soʻmgacha miqdorda mablagʻ ajratsin.

2. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda eksport qiluvchi korxonalarni, shu jumladan, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlar berish orqali moliyalashtirish turlarini kengaytirsin.

3. Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga ilovadagi roʻyxatga muvofiq mahsulotlarni eksport qilishda temir yoʻl transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi joriy qilinsin.

Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash chorasi qoʻshni davlatlarga eksport qilinadigan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) mahsulotni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablagʻlari hisobidan subsidiyalar toʻlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda ushbu band bilan tasdiqlangan roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.

4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida hisobot davri yakuni boʻyicha tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarga ularning arizalariga koʻra eksportga moʻljallangan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda eksport qiluvchi korxonalarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni kechiktirish imkoniyatini berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

5. Agentlik zimmasiga ham respublikamizdagi, ham xorijdagi xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish, milliy mahsulotni xorijiy davlatlar vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, koʻrgazma stendlarini tashkil qilish va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalarida ishtirok etish, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazish, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial bozorlarda ilgari surish boʻyicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʻmak berish vazifasi yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Agentlik ikki oy muddatda eksport qiluvchi tashkilotlarga mazkur moliyaviy koʻmakni berish mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda tadbirkorlik subyektlarining xorijiy mamlakatlarda zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar olish, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari hamda xalqaro tenderlar va tanlovlarda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa toʻlov xarajatlarining bir qismini toʻlashni nazarda tutsin.

6. Belgilansinki, 2019-yil 1-iyundan boshlab tirik holdagi tovuq, quyon va baliq hamda ularni soʻyib ishlangan mahsulotlar eksporti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – “Oʻzbekinvest” EIMSK) direktorlar Kengashining:

“Oʻzbekinvest” EIMSKning ustav kapitalini kompaniyaning oʻz kapitali hisobiga 221,6 milliard soʻmgacha koʻpaytirish;

“Oʻzbekinvest” EIMSK tuzilmasida eksportoldi va eksport sugʻurtasi masalalari boʻyicha bosh direktorning birinchi oʻrinbosari lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

8. Belgilansinki:

“Oʻzbekinvest” EIMSKning eksportni sugʻurtalash orqali qoʻllab-quvvatlash xizmatlari kompleksi xaridor kreditini, qisqa muddatli debitor qarzdorlikni, mahsulot yetkazib beruvchi kreditini, tasdiqlangan akkreditivni, eksport qiluvchining aylanma mablagʻlarini toʻldirish kreditini, eksport faktoringini sugʻurtalashni hamda eksportni sugʻurtalash orqali qoʻllab-quvvatlashning boshqa vositalarini oʻz ichiga oladi;

moliya yilida eksport kontraktlari va kreditlarini sugʻurtalashning barcha shartnomalari boʻyicha (xomashyo boʻlmagan mahsulot eksporti qismida) sugʻurta tovon toʻlashning umumiy hajmi “Oʻzbekinvest” EIMSK oʻz kapitalining 10 foizidan oshib ketgan taqdirda, “Oʻzbekinvest” EIMSK oʻz kapitalining 10 foizidan oshib ketgan miqdordagi yoʻqotishlari uning ustav jamgʻarmasini oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

ikki oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “Oʻzbekinvest” EIMSK faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida tegishli hukumat qarori loyihasining belgilangan tartibda ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Transport vazirligi bilan birgalikda xabar berilganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda, buyurtmanomalarni, shu jumladan, 2019-yil 1-maydan buyon amalga oshirilgan mahsulot eksporti boʻyicha qabul qilish va koʻrib chiqish mexanizmini nazarda tutadigan, mahsulot olib boriladigan mamlakat va subsidiya taqdim etishning eng koʻp muddatidan kelib chiqib, Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;

2019-yil 1-avgustga qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Agentlik mablagʻlari hisobidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining interaktiv shaklda taqdim etilishini, shuningdek, davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda batafsil maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan, elektron savdo maydonchalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portalini yaratish va ishga tushirishni;

bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portalini yuritish va masʼul idoralar tomonidan Portalga tegishli maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanishini;

bir oy muddatda “Oʻzagroeksportbank” ATB negizida eksport va importni moliyalashtirish boʻyicha ixtisoslashgan bank tashkil etish yuzasidan taklif kiritilishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning eksport yuklarini tashish tariflarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–3978-son qarorining 6 va 7-bandlari, 14-bandining yettinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A.Qoʻchqorov va E.M.Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 24-may



Marta o`qilgan: 1184