×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
06:02:29 (GMT +5), dushanba, 9 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - dekabr 2018

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-noyabrdagi 2119-III-son va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-dekabrdagi SQ-348-III-son qarorlarini bajarish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi hamda 2020-2021-yillarga maqsadli moʻljallari 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil uchun konsolidatsiyalashgan byudjeti jamlanma parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet moʻljallari 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat byudjeti asosiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda – Pensiya jamgʻarmasi), Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining 2019-yil uchun asosiy parametrlari 4-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. 2019-yil uchun:

yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq;

yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi, ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari 10-13-ilovalarga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 14-16-ilovalarga muvofiq;

kelib tushayotgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻtkazgan holda ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimlar hamda xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranziti uchun yigʻimlar stavkalari 17-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab:

yagona soliq toʻlovi va yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdorlari;

yuk tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun, soliqqa tortish tizimidan qatʼi nazar, bitta transport vositasiga hisoblaganda ular tomonidan toʻlanayotgan soliqlarning jami miqdori yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu faoliyat turi boʻyicha toʻlayotgan qatʼiy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmasligi toʻgʻrisidagi tartib bekor qilinsin.

4. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlarga ega boʻlgan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini imtiyozlar amal qilish muddati tugagunga qadar ikki baravar pasaytirilgan stavkada toʻlash tartibi saqlab qolinsin.

5. Oʻrnatilsinki, belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. Ushbu badal miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlaridan 0,1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etgan holda ishchi-soliq toʻlovchining hisobini yakka tartibda olib borishni nazarda tutib, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlovning yagona soliq hisoboti shaklini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

6. 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslar xizmat koʻrsatuvchi banklardan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun pul mablagʻlarini olishda (yoki plastik kartalarga oʻtkazishda) yagona ijtimoiy toʻlov hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha toʻlov hujjatlarini taqdim etishi lozimligi nazarda tutilsin.

7. Ish beruvchi tashkilotlarga soliq yukining, shu jumladan, yagona ijtimoiy toʻlovning kamaytirilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda mehnatga haq toʻlash fondini asossiz pasaytirish holatlarini aniqlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati monitoringini amalga oshirsin.

Soliq toʻlovchilar 2019-yil 1-aprelga qadar xodimlar soni va (yoki) mehnatga haq toʻlash fondini ixtiyoriy ravishda hisobotlarda rasmiylashtirgan va aks ettirgan taqdirda avvalgi hisobot davrlarida xodimlar sonini yashirganlik uchun javobgarlikdan, ilgari koʻrsatilmagan xodimlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlovi summasini qoʻshimcha hisoblashdan ozod qilinsin.

8. 2019-yil 1-yanvardan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million soʻmdan oshgan, biroq bir milliard soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq toʻlovini 4 foiz stavkada toʻlashga oʻtkaziladi;

kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi saqlab qolinadi;

kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2019-yil 1-fevralga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar toʻlash tartibini tasdiqlasin.

9. Quyidagilar:

a) 2019-yil 1-yanvardan:

bir vaqtning oʻzida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqini oyiga 2000 soʻmga pasaytirish hamda mablagʻlarni 18-ilovaga muvofiq normativlarga asosan taqsimlagan holda koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy qiymatidan 15 foiz stavkada mobil aloqa xizmati uchun aksiz soligʻi;

bir vaqtning oʻzida polietilen granula boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻini bekor qilgan holda 25 foiz miqdoridagi polietilen granulalarga aksiz soligʻi;

b) 2019-yil 1-martdan qatʼiy belgilangan soliq bilan bir qatorda advalor stavkaning kiritilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan sigaretalarga aksiz soligʻining aralash stavkasi kiritilsin.

2019-yil 1-iyuldan alkogol va tamaki mahsulotlariga belgilangan stavkalarni qoʻshimcha ravishda 20 foizgacha oshirgan holda 2019-yil uchun aksiz soligʻiga tortiladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) aksiz soligʻi stavkalari 19-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

10. Belgilansinki, 2019-yil 1-iyuldan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib oluvchilar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanmaydigan yetkazib beruvchilardan olingan hisob-fakturalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish huquqiga ega emaslar. Bunda, soliq toʻlovchilarning davlat soliq xizmati organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rasmiy sayti orqali real vaqt rejimida aniqlanadi.

11. 2019-yil 1-yanvardan:

sement va klinker uchun qoʻshimcha foyda soligʻi;

foydali xizmat muddati tugagan, toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanish uchun toʻlov bekor qilinsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishi va ularning hisobi aniq yuritilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrsin.

Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotlarini tuzishda xoʻjalik subyektlariga koʻmaklashsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro tajribani oʻrgangan holda 2019-yil 1-mayga qadar ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi obyektlari, shuningdek, dala-hovlilari uchun jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. 2019-yilda yagona yer soligʻi toʻlovchilar uchun soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2019-yil 1-yanvardan, tajriba tariqasida meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan undiriladigan yagona yer soligʻining bazaviy stavkalari 20-ilovaga muvofiq kiritilsin.

14. 2019-yil uchun mahalliy yigʻimlarning chegaralangan stavkalari

21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Soliq xizmati” DUK bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar fermer xoʻjaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun maxsus dasturiy mahsulotni ishlab chiqsin va joriy etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy mahsulotni ishlab chiqish va joriy etish, fermer xoʻjaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda moliyalashtirilishini taʼminlasin.

23. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 23-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

24. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:

yuridik shaxslar uchun – davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;

mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 24-ilovaga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda belgilansin.

25. Davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarning bekor qilinishi, shuningdek, yagona soliq toʻlovi tarkibining oʻzgarishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining:

a) 2019-yil 1-yanvardan:

ijtimoiy soha muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini;

sohani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, magistral (viloyatlararo) kollektorlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi zimmasiga, meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funksiyalarini esa Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini;

Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan xarajatlarni alohida satrda koʻrsatgan holda moliyalashtirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasini tugatish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Respublika yoʻl jamgʻarmasi)ni Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazish hamda:

yoʻl xoʻjaligi sohasidagi qurilish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil yoʻllaridan foydalanish va saqlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yoʻllardan foydalanish korxonalari, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalari, koʻpriklardan foydalanish korxonalari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasini saqlash funksiyalarini Moliya vazirligi zimmasiga yuklash;

boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 9 birlikdan iborat etib belgilagan holda Respublika yoʻl jamgʻarmasini yoʻl xoʻjaligi sohasida xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ijrochi organ sifatida belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

26. Belgilansinki:

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga 2019-yil 1-yanvardan keyin tushadigan majburiy ajratmalar summasi toʻliq miqdorda Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Ushbu toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar Pensiya jamgʻarmasidan toʻlanadi;

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasining (xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus hisobraqamidan tashqari) 2018-yil yakuni boʻyicha qoldiq mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻtkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi;

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalarining 2019-yil 1-martgacha boʻlgan davr uchun xodimlariga toʻlanadigan ish haqi, kompensatsiya toʻlovlari va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan avval jalb qilingan xorijiy kreditlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qaytarsin;

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasining xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari vazifa jihatidan tasnifining tegishli tarmoqlari boʻyicha aks ettirsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda davlat maqsadli jamgʻarmalarini tugatish va oʻtkazish ishlarini tashkil etish, ularning aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazishni va qabul qilish-topshirishni amalga oshirish, shu jumladan, qarzlarni undirish yoki umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarish boʻyicha takliflar kiritish uchun tugatish komissiyasini tashkil etsin.

28. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalarni toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yil 1-yanvar holatiga pensiyalarni toʻgʻri toʻlash boʻyicha tekshirishlar natijasida aniqlangan fuqarolarga ortiqcha toʻlangan pensiya summasi qoldiqlarini hisobdan chiqarsin.

29. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va birinchi navbatdagi toʻlovlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash maqsadida byudjet mablagʻlari oluvchilarga byudjet mablagʻlari ajratishni avval ajratilgan mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishiga qarab amalga oshirsin.

Belgilansinki, vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga soliq boʻlmagan toʻlovlardan ajratmalar meʼyorlarini oʻzgartirish, shuningdek, yangi turdagi ajratmalarni joriy etish kelgusi yilning boshidan amalga oshiriladi.

30. Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tugatilsin.

Belgilansinki, Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasidan avval ajratilgan mablagʻlar va uning qoldiqlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻtkazilishi shart.

31. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2019-yil 1-martdan boshlab vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa byudjet mablagʻlari taqsimlovchilari byudjetdan ajratilgan mablagʻlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish, oʻtkazilgan tanlov (tender)lar va sotib olingan tovarlarni yetkazib berish haqidagi tegishli axborotni oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi.

32. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2019-yil mobaynida qatʼiy belgilangan kupon stavkasida 5 yil va undan ortiq muomala muddatiga ega boʻlgan 500 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan summada Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini chiqarsin va joylashtirsin;

2019-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda ayrim byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablagʻ oluvchilar faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish borasida oʻrganishlarni amalga oshirsin;

2019-yil dan boshlab nol stavkani qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha ortiqcha summani qaytarishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda amalga oshirsin.

33. 2019-yil 1-yanvardan boshlab 14 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarga nafaqalar, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi boʻyicha nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari 25-ilovaga muvofiq belgilansin.

34. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼuliyati va manfaatdorligini kuchaytirish, ularning daromadlar boʻyicha vakolatlari va xarajatlar boʻyicha majburiyatlarini oshirish maqsadida 2019-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar:

a) quyidagi daromadlar:

jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlaridan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (elektr stansiyalaridan tashqari), yagona yer soligʻi, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatish uchun yigʻimlar, bozorlardan tushadigan daromadlar, shuningdek, 26-ilovaga muvofiq ayrim noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari, qonunbuzarliklarning ayrim turlari uchun jarimalar tumanlar va shaharlar byudjetlariga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjeti bilan tumanlar va shaharlar byudjetlari oʻrtasida taqsimlagan holda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yagona soliq toʻlovidan ajratmalar, alkogol mahsulotlari, pivo, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning chakana realizatsiyasiga aksiz soligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga oʻtkazilishi;

b) qoʻshilgan qiymat soligʻi tushumlarining bir qismi (tovarlarni import qilishda olinadigani bundan mustasno), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bundan mustasno), yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi (Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanadigani, shuningdek, norezidentning daromadlaridan toʻlov manbaida ushlab qolinadigani bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjeti oʻrtasida taqsimlanishi;

v) byudjet tashkilotlarini moliyalashtirishni 27-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga oʻtkazish;

g) Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetlari oʻrtasida taqsimlanadigan soliqlardan (yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi bundan mustasno) mahalliy byudjetlarga ajratmalar 50 foizdan kam boʻlgan taqdirda, ushbu soliqlar boʻyicha daromadlarning prognozdan oshirib bajarilishidan hosil boʻlgan mablagʻlarning 50 foizi mahalliy byudjetlarga qaytarilishi;

d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini tasdiqlash boʻyicha qarorlar qabul qilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga:

xarajatlarning yetishmayotgan summasini alohida tumanlar va shaharlar byudjetlarini rejalashtirishda shakllanadigan ortiqcha daromadlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti bilan tumanlar va shaharlar byudjetlari oʻrtasida qayta taqsimlash hisobidan qoplash;

qoʻshilgan qiymat soligʻi (import qilinadigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlaridan olinadigan soliq bundan mustasno), yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi (Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanadigani, shuningdek, norezidentning daromadlaridan toʻlov manbaida ushlab qolinadigani bundan mustasno)ning bir qismini tegishli hududlarda qolayotgan daromadlar doirasida yoʻnaltirish;

daromadlar prognozining oshirib bajarilgan mablagʻlardan bir qismini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun tegishli tumanlar va shaharlar byudjetlariga oʻtkazish boʻyicha vakolatlar berilishi nazarda tutilsin.

35. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilning yanvar oyida Markaziy bank bilan birgalikda 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda oʻtkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda uning ijrosi boʻyicha yakuniy operatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirsin, jumladan:

yuqori va quyi turuvchi byudjetlar oʻrtasidagi oʻzaro qarzdorliktoʻliq hajmda qoplanishini nazarda tutuvchi byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish;

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarining 2018-yil 31-dekabr holatiga qoldiqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarida aks ettirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining 2018-yil 31-dekabr holatiga oʻzlashtirilmagan qoldiqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarida aks ettirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻtkazish.

36. Suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarining qaytarilishi yetishmagan qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari suv taʼminoti tashkilotlarining moliyaviy holatini qatʼiy nazorat qilish, ularning moliyaviy oqimlari ustidan monitoring olib borishni taʼminlasin, kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha mablagʻlarni undirish choralarini koʻrsin va mablagʻlar yetmagan hollarda, asosiy qarz va foiz toʻlovlarining qoplanmagan qismini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha daromadlari hisobidan moliyalashtirsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha daromadlari mavjud boʻlmagan va qarzdorlikni toʻlash muddatlari kelgan hollarda qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmasligiga yoʻl qoʻygan suv taʼminoti tashkilotlarining moliyaviy oqimlari ustidan monitoringni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritgan holda ularning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari oldidagi qarzdorligini Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha daromadlari hisobidan qoplash huquqi berilsin.

37. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2019-yil oxiriga qadar pensiyalar tayinlanganligi holati va ularning toʻlovi miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni berish, shuningdek, keyinchalik Pensiya jamgʻarmasi maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvini amalga oshirgan holda bola tugʻilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilishini taʼminlasin.

38. 2019-yil uchun quyidagilar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdorlari 28-ilovaga muvofiq;

2019-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 29-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 30-ilovaga muvofiq;

2019-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 31-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar byudjet tashkilotlaridagi mavjud maxsus qoʻriqlash postlari sonini tanqidiy oʻrgansin va ularning sonini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda maxsus qoʻriqlanishi talab etiladigan tashkilotlarning yangilangan roʻyxatini tasdiqlasin.

40. 2019-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini 2018-yil uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolgan holda 2019-yil 1-maydan boshlab ularning miqdorlari 32-ilovaga muvofiq belgilansin.

41. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va maqsadli davlat jamgʻarmalarining asosiy parametrlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari 62 500 milliard soʻm, xarajatlari – 74 000 milliard soʻm miqdorida;

Pensiya jamgʻarmasining daromadlari 23 520 milliard soʻm va xarajatlari – 20 483 milliard soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari 3 807,6 milliard soʻm va xarajatlari – 3 807,6 milliard soʻm miqdorida.

42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.

43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 33-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2019-yil 1-yanvardan 34-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

45. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

46. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018-yil 26-dekabr



Marta o`qilgan: 3210