×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:13:46 (GMT +5), chorshanba, 20 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


27 - dekabr 2018

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berishning tartib-taomillarini soddalashtirish va iqtisodiyotning noruda xom ashyo bazasini rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanishni taʼminlashda qator muammolar mavjud boʻlib, bular yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish bilan bogʻliq normalarga nomuvofiqligi, qazib olish va qayta ishlashda maʼnan eskirgan, muddati tugagan texnika va uskunalardan foydalanilayotganligi, konlar va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish va ularga davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash darajasi pastligida namoyon boʻlmoqda.

Faqat joriy yilning sentyabr-noyabr oylarida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 186 ta subyekt tomonidan tegishli litsenziya olmasdan 26,7 milliard soʻmlik noruda foydali qazilmalar noqonuniy qazib olinganligi holatlari aniqlandi, shuningdek, litsenziya shartlariga rioya qilmagan va yer qaʼri uchastkalaridan samarasiz foydalangan 23 ta subyektning yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin bekor qilinib, 55,6 million kub metr va 3,4 million tonna foydali qazilmalar zaxirasi davlat balansiga qaytarildi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berishda shaffoflikni taʼminlash, qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida ilgʻor texnologiyalarni keng qoʻllash hamda sohaga salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansida hisobga olingan konlar va istiqbolli maydonlar joylashgan yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda) yer fondi toifasidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining ijobiy xulosasi olinadi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya asosida yer qaʼridan foydalanuvchining murojaatiga koʻra, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli yer uchastkalari oʻn kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyaning amal qilish muddati va yer qaʼri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi;

noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida yer qaʼridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi;

yer qaʼridan foydalanuvchilarga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga yozma maʼlumot beriladi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda tegishli yer maydonlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan zaxiraga qaytariladi;

noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari) haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqib, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining oʻzlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda, ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtirilmasdan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;

noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarida yer qaʼridan foydalanuvchining investitsiyaviy majburiyatlari nazarda tutiladi.

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

2019-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari;

2020-yil 1-yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari asosida 20 kundan oshmagan muddatda beriladi.

Bunda, yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarning oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga litsenziya olishda ularning qonun hujjatlarida belgilangan huquqlari saqlanib qolinadi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi auksion tashkil qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar yigʻindisidan kam boʻlmagan summada belgilanadi.

3. Belgilansinki, noruda foydali qazilmalar yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari va ushlab qolingan zakalat summasi, auksion tashkil qilish bilan bogʻliq toʻlov summalari chegirilgan holda teng ulushlarda:

noruda foydali qazilmalarni qazib olish faoliyati olib boriladigan hududlardagi tegishli tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlariga;

mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish yillik davlat dasturlarini amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining maxsus gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi.

4. Tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, travertin va ohaktosh) qazib olish va ularning texnogen mineral hosilalaridan foydalanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar 2022-yil 1-yanvarga qadar:

belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish, ularga ishlov berish, shuningdek, tabiiy pardozbop toshlarning texnogen mineral hosilalarini qayta ishlashga moʻljallangan maxsus texnika va uskunalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi;

tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish, ularga ishlov berish, shuningdek, tabiiy pardozbop toshlarning texnogen mineral hosilalarini qayta ishlash faoliyati boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblashda mazkur soliq boʻyicha belgilangan stavka ikki barobarga pasaytiriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

tashqi bozor konʼyunkturasini oʻrganib, noruda foydali qazilmalarni chuqur qayta ishlashni va ulardan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarida mahalliy noruda xom ashyo asosida ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini, shu jumladan, tabiiy pardozbop toshlarni keng qoʻllashni hamdanoruda foydali qazilmalar noqonuniy qazib olingan hollarda ularning qiymatini aniqlash tartibini belgilovchi Hukumat qarorini qabul qilsin.

6. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ 2019-yil 1-martga qadar respublika hududida aniqlangan barcha tabiiy pardozbop toshlarning milliy brendi va katalogini yaratsin, ularning kengaytirilgan taqdimotini oʻtkazsin hamda har yili bir marotaba katalogning yangilanib borilishini taʼminlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Jizzax viloyati Forish tumanini Navoiy viloyati Nurota tumani bilan bogʻlovchi temir yoʻl tarmogʻini qurish masalasini har tomonlama oʻrganib chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mazkur masala boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2019-yil 1-aprelga qadar:

aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari va istiqbolli maydonlarning davlat kadastrini xatlovdan oʻtkazsin;

xatlov natijalariga koʻra, noruda foydali qazilmalar yer qaʼri uchastkalari va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisida batafsil (xarita, foto va video) maʼlumotlarni berish, interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish va mazkur jarayonlarni foydalanuvchilar tomonidan onlayn kuzatib borish imkoniyatini beruvchi qoʻmitaning yangilangan rasmiy veb-saytini va uning mobil versiyasini yaratsin;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi zimmasiga (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

huquqbuzarliklarni profilaktika qilishning ilgʻor uslubiyatlarini joriy etish, idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash;

foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish aniqlangan holatlar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, marksheyderlik ishlarini oʻtkazgan holda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash;

aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlarini amalga oshirishda Inspeksiya bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:

yer qaʼridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar;

yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasining 20 foizi miqdoridagi ajratmalar;

Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qazib olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hajmini aniqlash uchun bajariladigan marksheyderlik ishlarini moliyalashtirishga hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltiriladi.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga geologik tasvirlash ishlarida, bajariladigan marksheyderlik oʻlchovlarida hamda xavfli geologik jarayonlarni oʻrganishda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda noruda foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018-yil 26-dekabr



Marta o`qilgan: 2889