×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:02:46 (GMT +5), chorshanba, 17 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - dekabr 2018

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda investitsiya siyosatini tubdan takomillashtirish va isloh qilish, uni amalga oshirish yuzasidan zamonaviy, samarali yondashuv va mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va umuman ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilishni, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Faol investitsiya siyosatini davom ettirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha strategik va muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda samarali oʻzlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda saʼy-harakatlarni jamlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, buning asosida aholi bandligini, ularning turmush darajasi va sifati oshirilishini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi:

2019-yilda kapital qoʻyilmalarning asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;

2019-yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish prognozi 2-ilovaga muvofiq;

2019-yilda obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019-yilda obyektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 4-ilovaga muvofiq;

b) markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

2019-yilda melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnikalar xarid qilish manzilli dasturi 5-ilovaga muvofiq;

2019-yilda avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, obyektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish manzilli dasturi 6-ilovaga muvofiq;

2019-yilda oliy taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturlari 7, 7a, 7b, 7v, 7g, 7d va 7e-ilovalarga muvofiq;

2019-yilda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiyatizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 8-ilovaga muvofiq;

2019-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi 9-ilovaga muvofiq;

v) 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatibilan xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 10-ilovaga muvofiq;

g) 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 11-ilovaga muvofiq;

d) 2019-yilda tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish yigʻma manzilli dasturi 12-ilovaga muvofiq;

ye) markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

2019-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 13-ilovaga muvofiq;

2019-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 14-ilovaga muvofiq;

j) quyidagilar:

2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 15-ilovaga muvofiq;

2019-yilda koʻrib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari roʻyxati 16-ilovaga muvofiq;

2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obyektlar roʻyxati 17-ilovaga muvofiq;

2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha obyektlari roʻyxati 18-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

3. Belgilansinki:

loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha loyihalar (obyektlar) yuzasidan roʻyxatlarga va kapital qoʻyilmalar limitlariga (qiymatiga) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin;

loyihalar (obyektlar) boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan kiritiladi;

qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonlariga tegishli vakolatga ega boʻlmagan shaxslarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.

4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda – Rivojlanish jamgʻarmasi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarini oʻtkazish mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun avval ajratilgan mablagʻlar sarflanganligi Rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlanishiga qarab amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Rivojlanish jamgʻarmasiga moliyalashtirish jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda jalb etilayotgan kreditlarning garov taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi qarzlarining va davlat kafolatlari summasining cheklangan hajmi meʼyorlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari – mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalar buyurtmachilari (keyingi oʻrinlarda – loyihalar buyurtmachilari):

ikki hafta muddatda – yildan-yilga oʻtib kelayotgan loyihalarni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning kalendar jadvallari bilan uzviy bogʻliqlikda aniqlashtirgan holda, ular boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan qurilishlarning manzilli roʻyxati ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligiga taqdim etilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda – markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019-yilda yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha loyiha hujjatlarini tasdiqlash ishlari yakunlanishini;

ikki oy muddatda tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida –tender (tanlov) hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini, belgilangan tartibda yangi boshlanadigan loyihalar boʻyicha xarid qilish tartib-taomillari yakunlanishini va tender (tanlov) gʻoliblari bilan pudrat shartnomalari tuzilishini;

xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan soʻng bir hafta muddatda – yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha qurilishlarning yakuniy manzilli roʻyxatlari kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligiga taqdim etilishini;

ikki hafta muddatda – mazkur qarorning 10, 11, 12, 13 va 14-ilovalariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning kompleks tarmoq jadvallari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga taqdim etilishini;

bir oy muddatda – mazkur qarorning 15-ilovasiga kiritilgan loyihalar yuzasidan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha “yoʻl xaritalari” Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini taʼminlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

respublika shaharlari va shahar posyolkalarining ishlab chiqilgan va bugungi kunga qadar tasdiqlanmagan bosh rejalari loyihalarini ularning asosiy qoidalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari asoslantirilganligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqilishini;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini, ularni ishlab chiqish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, xususiy loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish, ushbu sohaga innovatsion yechimlarni va ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlanishini;

ajratilayotgan mablagʻlar samaradorligini oshirishga, shuningdek, yoʻl infratuzilmasini va umuman tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni inobatga olgan holda, avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin.

8. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga:

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar boʻyicha qurilish-montaj ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, mablagʻlarning toʻliq hajmda oʻzlashtirilishini hamda obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlash;

mazkur qarorning 17 va 18-ilovalariga kiritilgan loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini 2019-yilda ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

9. Rivojlanish jamgʻarmasi kuzatuv kengashi loyihalar buyurtmachilari bilan birgalikda:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan holda, 2019-yilning 6 va 9 oyligi yakunlari boʻyicha kapital qoʻyilmalarning tejab qolingan yoki foydalanilmagan limitlarini, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilayotgan tegishli hududdagi suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi, shuningdek, sogʻliqni saqlash va taʼlim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda belgilangan tartibda qayta taqsimlashni;

har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish holati toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etishni;

zarur hollarda, xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturida nazarda tutilgan mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda va kapital qoʻyilmalarning parametrlari doirasida qurilishlarning manzilli dasturlariga aniqlashtirish va tuzatishlar kiritilishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlil hamda monitoring oʻtkazilishini hamda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumotlar kiritilishini taʼminlasin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R.Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K.Saidova zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018-yil 19-dekabr



Marta o`qilgan: 1641