×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
06:06:50 (GMT +5), dushanba, 6 - aprel 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - dekabr 2018

Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini toʻlaqonli jalb qilish, pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan oʻn barobarigacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorovga pensiyalar barcha ishlovchi pensionerlarga oʻz vaqtida toʻliq miqdorda toʻlanishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

5. Mazkur Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M.Mavlonov, G.K.Saidovalarga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2018-yil 12-dekabr

PF-5597



Marta o`qilgan: 3260