×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:00:05 (GMT +5), juma, 6 - dekabr 2019
Ovoz berishni o‘chirish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - dekabr 2018

Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Hozirgi kunda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida, shu jumladan, hayot va sogʻlik uchun xavfsiz boʻlgan maqbul sifatli tovarlarni sotib olishda, shuningdek, tovarlar va ularning ishlab chiqaruvchilari toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot olishda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, noqonuniy aylanayotgan, past sifatli, kontrafakt va qalbakilashtirilgan mahsulotlar hajmining oshishi surʼatlari kuzatilmoqda, bu esa fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazmoqda, nosogʻlom raqobatga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti yoʻqotishlariga olib kelmoqda, shuningdek, korrupsiya va boshqa qonunbuzilishlar yuzaga kelishi uchun sharoit yaratmoqda.

Alohida turdagi tovarlarning respublikaga noqonuniy olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishining oldini olish, ularning samarali hisobini taʼminlash, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar yigʻiluvchanligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yilning 1-avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalashni (keyingi oʻrinlarda – markirovkalash) bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar guruhlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda Markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar guruhlari roʻyxatini toʻldirishga ruxsat berilsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

majburiy markirovkalash joriy etilgan sanadan boshlab, mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi;

Markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar guruhlari roʻyxatiga yangidan qoʻshilgan tovarlarni, ushbu tovarlar roʻyxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotilishiga ruxsat etiladi;

mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan, shu jumladan, aksizli tovarlarni markirovkalashga doir xizmatlarni bevosita markirovkalash boʻyicha xizmatlar yagona yetkazib beruvchisidan sotib olish xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

4. Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvariga qadar quyidagilarni nazarda tutgan holda, tovarlarni himoyalangan belgi va nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash tartibini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin:

markirovkalash boʻyicha xizmatlar yetkazib beruvchisi, tadbirkorlik subyektlari va tovarlarni majburiy markirovkalashga doir talablar bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlovchi organlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini;

markirovkalash tartibi va tartibotlarini, markirovkalash, shu jumladan, aksizli markirovkalash xizmatlarining bahosi va sotib olish tartibini;

markirovkalash boʻyicha xizmatlar yetkazib beruvchisi maʼlumotlar bazasidan foydalanadigan davlat organlari roʻyxatini;

markalar, shu jumladan, aksiz markalari sotilishi va markirovkalash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi ustidan monitoring qilish tartibini.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019-yilning 1-fevraliga qadar eng yaxshi takliflarini saralab olish asosida koʻrsatiladigan xizmatlar ishonchliligi va sifatini, yuqori himoyalangan darajasini taʼminlay oladigan, amaliy tajribaga ega boʻlgan markirovkalash boʻyicha xizmatlar yetkazib beruvchisini tanlashni, markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar qiymatining sezilarli oshirilmasligini hisobga olgan holda tanlab olingan yetkazib beruvchi bilan muzokaralar oʻtkazilishini taʼminlasin, shuningdek, u bilan tuzilayotgan shartnoma butun muddati davomida koʻrsatiladigan xizmatlar bahosini qatʼiy belgilagan holda 5 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatga shartnoma tuzsin.

6. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga jarima sanksiyalari miqdorlarining oshirilishini kiritgan holda tovarlarni markirovkasiz sotganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritsin.

7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018-yil 30-noyabr



Marta o`qilgan: 2540