×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:14:52 (GMT +5), payshanba, 12 - dekabr 2019
Ovoz berishni o‘chirish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - noyabr 2018

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish, eksport qiluvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, raqobatbardosh eksport mahsulotlari ishlab chiqarishning koʻpaytirilishini ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani:

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga toʻgʻri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha;

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga toʻgʻri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq toʻlovi boʻyicha kamaytiradilar.

Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha xomashyo tovarlarini eksport qilishga, shuningdek, xalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Belgilansinki, ushbu Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilishi natijasida toʻlanmagan mablagʻlar quyidagi hollarda qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladi:

tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti faktini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda;

tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi taʼminlanmaganda.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishda ushbu Farmonga muvofiq berilayotgan imtiyozlarni nazarda tutsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Farmonga muvofiq imtiyozlarni qoʻllash ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018-yil 29-noyabr



Marta o`qilgan: 2681