×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:36:17 (GMT +5), yakshanba, 15 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


2 - noyabr 2018

Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi – folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.

Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini (keyingi oʻrinlarda Festival deb yuritiladi) tashkil etish hamda ushbu festivalni birinchi marta 2019-yilning 5-10-aprel kunlari oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda Tashkiliy qoʻmita deb yuritiladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom;

Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini 2019-yilda oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

3. Tashkiliy qoʻmitaga (A.Aripov):

Festivalni oʻtkazish boʻyicha belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat, haykalchalar namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.

4. Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul etib belgilansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

Festivalga xorijiy davlatlardan taniqli folklorshunos olimlar, baxshi, shoir, oqin va jirovlar, ijodiy jamoalar, ommaviy axborot vositalari vakillari va faxriy mehmonlarni taklif etishda Madaniyat vazirligiga amaliy yordam koʻrsatsin;

Festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Madaniyat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarining belgilangan tartibda konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

6. Madaniyat vazirligi Festivalning tantanali ochilish marosimini har tomonlama puxta va badiiy jihatdan betakror usulda tayyorlash uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissyorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh sanʼatkorlarni keng jalb etsin.

7. Surxondaryo viloyati hokimligi Termiz shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, Festival oʻtkaziladigan sahna maydonlari va zallar talab darajasida tayyorlanishini taʼminlasin.

8. Madaniyat vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Cavdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:

Festival doirasida Termiz shahridagi “Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi maydoni hududida baxshichilik sanʼatiga oid turli koʻrgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishini;

Festival dasturi ishlab chiqilishi va uning Festival oʻtkazilishidan uch oy avval turizm tashkilotlariga taqdim etilishini, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini;

Festival veb-saytini bir oy muddatda tayyorlab, Internet tarmogʻiga joylashtirilishini hamda muntazam ravishda yangiliklar, fotosuratlar, audio va video materiallar bilan yangilab borilishini taʼminlasin.

9. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi Festival qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratish choralarini koʻrsin.

10. Belgilab qoʻyilsinki, Festivalni tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda hamda homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018-yil 1-noyabr



Marta o`qilgan: 2987