×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:27:15 (GMT +5), juma, 25 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - dekabr 2017

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini -soddalashtirish maqsadida:

1. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab:

jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 (ikki ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya taqdim etish tartibi;

tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketishlariga ruxsatnoma berish -bekor qilinsin.

2. Belgilansinki, jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish ekvivalentda 5 000 (besh ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasida hech qanday ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.

Belgilangan summadan ortiqcha mablag‘ni olib chiqib ketish:

rezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida;

norezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi, deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatiladi.

Norezidentlar — respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ular tomonidan ushbu naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos bo‘ladi.

3. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga naqd xorijiy valyutani olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

4. Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 (ikki ming) AQSh dollaridan oshadigan summadagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqib ketish chog‘ida olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyutaning jami summasi yozma ravishda deklaratsiya qilinadi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki, Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ushbu Farmon qoidalari respublika aholisiga va xorijiy davlatlarning fuqarolariga o‘z vaqtida yetkazilishi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmon qoidalari keng yoritilishini ta’minlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J. A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M. B. Nurmurotov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M. V. Tohiriy zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2017-yil 6-dekabr



Marta o`qilgan: 6507