×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:41:25 (GMT +5), chorshanba, 8 - aprel 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - dekabr 2015

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:

1. Quyidagi mahkumlar:

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

g) chet davlatlar fuqarolari;

d) I va II guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yil ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasalliklarga chalingan, deb topilgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan ko‘p bo‘lmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinsin.

4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror e’lon qilingan kunda o‘talmay qolgan jazo muddati uch yil-u olti oydan kam bo‘lgan shaxslar manzil-koloniyalarga o‘tkazilsin.

5. Ushbu Qarorning 1-bandida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi barcha ishlar tugatilsin.

6. Ushbu Qarorning:

a) amal qilishi – uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga;

b) 1-bandi amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandida ko‘rsatilgan, shuningdek o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;

v) 3-bandi amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida va 104-moddasi uchinchi qismining «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;

g) 1–3, 5-bandlari amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167, 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

7. Ushbu Qarorga muvofiq asosiy jazodan ozod qilingan mahkumlar qo‘shimcha jazolardan ozod qilinmaydi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qo‘mita va komissiyalari ushbu Qarorning qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazorati hamda Qarorning qo‘llanish tartib-taomillarining ochiq-oshkora amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.

9. Ushbu Qaror amalga oshirilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

10. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy ichida ijro etilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev

Toshkent shahri,

2015-yil 3-dekabr



Marta o`qilgan: 9577