×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:52:56 (GMT +5), shanba, 8 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - iyul 2015

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat ayyomi bo‘lmish muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2015-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 18-iyul shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2015-yil 18-iyul dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tkazish uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
 2015-yil 14-iyul



Marta o`qilgan: 9343