O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
24 - yanvar 2015

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI:

1. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqlansin.

2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov

Toshkent shahri,
2015 yil 23 yanvar 



Marta o`qilgan: 10330