×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
19:20:53 (GMT +5), dushanba, 3 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Standart versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Saylovchining huquq va majburiyatlari

  • Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadir.
  • Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
  • Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega.
  • Oʻttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida o‘n yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish huquqiga ega.
  • Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga egadirlar.
  • Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylanish huquqiga egadirlar.
  • Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hokimiyatning mahalliy vakillik organlariga saylanish huquqiga egadirlar.
  • Saylovchilar qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, ularga referendumlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Pezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovlarida bevosita qatnashish huquqi kafolatlanadi.
  • Saylovchilar o‘z xohish-irodalarini yerkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga egadirlar. Uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, fuqarolarga xohish-irodani yerkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadilar.
  • Saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini nazorat etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga to‘lanadigan, tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilish huquqiga egadirlar.
  • Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yixatiga kiritilishi mumkin.
  • Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar ro‘yxati bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati ta’minlanadi.
  • Saylovchi saylovchilar ro‘yxatidagi xato va noaniqliklar to‘g‘risida saylov komissiyasiga arz qilish huquqiga ega. Uchastka saylov komissiyasi yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani ko‘rib chiqishi hamda yoki xatoni tuzatishi, yoki arizachiga uning arizasi asosli tarzda rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani berishi shart.
  • Saylovchilar umumxalq ovozga qo‘yilgan qarorlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoki hokimiyatning vakillik organlariga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoqlab yoki ularga qarshi tashviqot yuritish huquqiga egadirlar.
  • Saylovchilarga o‘z ijtimoiy faolliklarini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqi kafolatlanadi.
  • Butun saylov kompaniyasi keng oshkoralik asosida tuziladi. Har bir saylovchi saylov davomida saylov okruglari va uchastkalarini tuzishga, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalar joylashgan manzil va ish vaqtiga, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlariga doir axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
  • Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi, shuningdek deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda e’lon qilinadi.
  • Saylovchilar saylovda ishtirok yetayotgan siyosiy partiyalar va ayrim nomzodlarning kelgusi faoliyat dasturi bilan tanishish huquqiga egadirlar.
  • Ovoz berish kuni saylovchilarga buzib qo‘yilgan saylov byulletenini yangisi bilan almashtirib olish huquqi kafolatlanadi. Sayov byulletenini almashtirib berishni tegishli uchastka saylov komissiyasi amalga oshiradi.
  • Saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar oldinroq ovoz berish huquqiga egadirlar.
  • Tegishli uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning talabiga ko‘ra belgilangan shaklda bo‘lgan, deputatlikka nomzodlar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar qayd etilgan saylov varaqalarini beradi. Saylovchilar to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasi a’zolaridan birida qoldirishlari mumkin.
  • Salomatligining holati yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmaydigan saylovchilar uchastka saylov komissiyasiga tegishli iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega, bu komissiya ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishi shart.

Просмотров: 12229