×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:40:01 (GMT +5), shanba, 30 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - dekabr 2016

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishning borishiga bag‘ishlangan brifingdagi so‘zi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

2016-yil 4-dekabr, soat: 22.00

Muhtaram anjuman qatnashchilari!

Bugun soat 20.00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Faqat O‘zbekiston Respublikasining Misr, Yevropaning aksariyat davlatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz fuqarolari saylovda yuksak siyosiy va fuqarolik faolligini namoyish etdi. Soat 11.00 ga qadar saylovchilarning 33 foizidan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etgani buning yaqqol tasdig‘idir.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda 17 million 941 ming 955 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,83 foizini tashkil etadi.

Albatta bunga hali xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasining vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish natijalari kiritilmagan.

Ovoz berish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan xalqaro demokratik normalar va prinsiplarga rioya qilingan holda ochiq va oshkora o‘tkazildi.

Ayni paytda saylov uchastkalarida har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar alohida-alohida sanab chiqilmoqda.

Ovozlarni sanab chiqishda Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning 37 mingdan ortiq kuzatuvchilari, xalqaro kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashmoqda.

Joylardan saylov mobaynida saylov qonunchiligi buzilganligi haqida axborotlar kelib tushmadi.

Ertaga, 5-dekabr kuni soat 16-00 da o‘tkaziladigan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinadi.

E’tiboringiz uchun rahmat.



Просмотров: 9529