×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
08:07:20 (GMT +5), shanba, 30 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - dekabr 2016

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishning borishiga bag‘ishlangan brifingdagi so‘zi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

2016-yil 4-dekabr, soat: 17.00.

Assalomu alaykum, muhtaram xonimlar va janoblar!

Hurmatli brifing qatnashchilari!

Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarimiz huzuridagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Misr, Pokiston, shuningdek Yevropa va qo‘shni davlatlardagi vakolatxonalarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalari ham ochildi.

Mamlakatimizning Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Malayziya, Singapur vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Hozirga qadar 15 million 700 ming nafardan ortiq fuqarolar ovoz berishda ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 77 foizini tashkil etadi.

Mamlakatimizdagi har bir saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar kuzatuvchilari, siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari monitoring qilib bormoqda.

Saylov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan demokratik prinsiplarga to‘la muvofiq tarzda o‘tmoqda.

Hozirga qadar Markaziy saylov komissiyasiga joylardan saylovni o‘tkazish jarayonida saylovga doir qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan xabar va ma’lumotlar kelib tushmadi.



Просмотров: 8187