×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:25:01 (GMT +5), shanba, 11 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Standart versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - dekabr 2016

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishning borishiga bag‘ishlangan brifingdagi so‘zi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

2016-yil 4-dekabr, soat: 13.00

Assalomu alaykum, muhtaram xonimlar va janoblar,

Anjuman ishtirokchilari,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 ta saylov okrugidagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni bugun ertalab soat oltida boshlandi.

Shuningdek mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan 44 ta saylov uchastkasining aksariyati ham ochilib, ularda ham ovoz berish jarayoni boshlandi.

Birinchi bo‘lib ovoz berish O‘zbekistonning Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Xitoy, Indoneziya, Tailand, Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahridagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida boshlandi.

Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasi bilan respublikamiz hududida joylashgan okrug va uchastka saylov komissiyalari o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatilgan. Markaziy saylov komissiyasiga ovoz berish jarayonining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar on-layn rejimida kelib tushmoqda.

Hurmatli brifing ishtirokchilari,

Ma’lumki, ushbu saylov kampaniyasi davrida biz saylovchilar sonini aniqlashning mutlaqo yangi, saylovchilarning haqiqiy sonini aniqlash imkonini beradigan tartibini joriy etdik. Bugungi kunda saylovchilar ro‘yxatiga 20 million 428 ming 891 nafar saylovchi kiritilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylovda yuksak siyosiy faollikni namoyon etmoqda. Hozirga qadar 11 million 418 mingdan ortiq nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilarning 55,89 foizini tashkil etadi.

Shu paytga qadar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizidan ortig‘i saylovda ishtirok etganini inobatga oladigan bo‘lsak, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasiga asosan saylov bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi.

Shuni alohida qayd etishimiz kerakki, saylov milliy qonunchiligimizga, unda belgilangan ochiqlik, oshkoralik va adolatlilik kabi demokratik tamoyillarga to‘la muvofiq holda o‘tmoqda.

Prezident saylovida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiya qilingan 5 ta xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda 46 ta davlatdan 600 nafarga yaqin kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan 37 mingdan ziyod kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ham ovoz berish jarayonini kuzatib bormoqda.

Hozirga qadar joylardan saylov jarayoni davomida saylov qonunchiligi buzilishi haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.

Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz saylovchilariga murojaat qilmoqchiman.

Hurmatli saylovchilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi nurafshon istiqbolimiz va farzandlarimizning yorqin kelajagini ta’minlaydigan mas’uliyatli siyosiy jarayondir.

Muhtaram otaxon va onaxonlar, qadrli opa-singillar, aka-ukalar! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatan ravnaqi uchun ovoz beraylik!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqiraman.

E’tiboringiz uchun rahmat!



Просмотров: 8207