O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
4 - dekabr 2016

Prezident saylovi bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga bugun soat 6.00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.

Soat 11.00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 33,73 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi.

Shunday qilib, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunning 35-moddasiga ko‘ra Prezident saylovi bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi.

Saylov jarayoni davom etmoqda.



Muallif: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi
Просмотров: 7180