×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:27:21 (GMT +5), payshanba, 9 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


2 - dekabr 2016

Partiyalararo sog‘lom raqobat

Partiyalararo sog‘lom raqobat Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha «Press klub: Saylov.uz – 2016» press-klubida “Siyosiy partiyalar: haqqoniy raqobat, siyosat odobi va elektorat bilan ishlashning yangi usullari” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda siyosiy partiyalar mutasaddilari, olimlar, ekspertlar, partiya gazetalari bosh muharrirlari, xalqaro kuzatuvchilar, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda demokratik tamoyillarga mos milliy saylov tizimi yaratilgani siyosiy partiyalarning mamlakatimizda o‘tkazilayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonda faol ishtirok etishi, saylov kampaniyasining partiyalararo raqobat va bahs-munozaralar tarzida o‘tishida muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

O‘zbekistonda barqaror rivojlanib borayotgan siyosiy tizim, ikki palatali parlament mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida partiyalarning faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoit yaratmoqda.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishida yengillik berdi. Siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari to‘plash jami saylovchilar umumiy sonining besh foizidan bir foizga qisqartirildi. Qonunchilikda saylovoldi tashviqotini olib borishning turlari, shakllari va usullari, ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot olib borish, Prezidentlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmasligiga doir talablar batafsil bayon etildi.

Tadbirda partiyalarning faolligi, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasining ochiqlik va oshkoralik, adolatlilik prinsiplari asosida o‘tishida eng muhim omil ekani qayd etildi. Saylovda partiyalararo raqobat yuksak siyosiy texnologiyalarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi, elektorat bilan ishlashda yangicha yondashuvlar, Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarida ilgari surilgan maqsadlar mamlakatimizning taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdagi ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Press-klubda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Baynalmilal milliy madaniyat markazi hamkorligida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” loyihasi taqdimoti ham o‘tkazildi.



Muallif: O'zA
Просмотров: 6785