×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:34:01 (GMT +5), yakshanba, 20 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - dekabr 2016

Markaziy saylov komissiyasi majlisi

1-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash, saylov komissiyalarining saylov kuni ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari tinglandi.

5-Navoiy va 10-Toshkent viloyat okrug saylov komissiyalari raislari saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Yig‘ilishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar kuzatuvchilarini, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ular yuzasidan qarorlar qabul qilindi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazi
Просмотров: 6686