×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:36:56 (GMT +5), payshanba, 9 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - noyabr 2016

«Press klub: Saylov.uz – 2016» ochildi

Poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha «Press klub: Saylov.uz – 2016» press-klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda parlament a’zolari, vazirlik va idoralar, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari, saylovni kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xalqaro kuzatuvchilar, yetakchi ekspertlar, mahalliy va xorijiy jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S.Safoyev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, “UzReport” axborot agentligi bosh direktori R.Jo‘rayev va boshqalar joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini tubdan yangilash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan islohotlarning ko‘zgusi ekanini, uni ochiq va oshkora, xalqaro standartlar darajasida tashkil qilishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari haqida mamlakatimiz aholisi va xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borishda ommaviy axborot vositalari faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalari matbuot markazlarida jurnalistlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyalarining majlislarida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, komissiyalar tomonidan ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonini yoritishiga ko‘maklashish, jurnalistlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmasini yanada mustahkamlash, tajribasini oshirish maqsadida turkum seminarlar, anjumanlar tashkil etilmoqda.

Saylov kampaniyasida ishtirok etayotgan milliy va xorijiy OAV vakillari uchun xalqaro standartlarga mos qulay infratuzilma va sharoitlar yaratish, interfaol media maydoni barpo etish hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonini yoritishda xolislik, oshkoralik va tezkorlikni ta’minlash, xalqaro kuzatuvchilar, ekspertlar va media soha vakillarini mamlakatimizda erishilgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston elektron OAV milliy assotsiatsiyasi, “Uzbekistan Today” axborot agentligi, “Mening Yurtim”, “Uzreport-TV” telekanallari va boshqa tashkilotlar hamkorligida mamlakatimizda ilk bor “Press klub: Saylov.uz – 2016” press-klubi tashkil etildi.

Press-klub o‘z multimedia maydonida xorijiy va milliy media soha vakillarini birlashtiradi. Bu yerda IT-texnologiya, dizayn va multimedia sohasidagi eng so‘nggi yutuqlardan foydalanilgan, yuqori tezlikdagi internet va Wi-Fi aloqasi, komputerlar, printerlar, telefonlar va boshqa ko‘p funksiyali qurilmalar o‘rnatilgan. Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi studiyalari va mamlakatimizdagi 10 hududiy nodavlat telestudiyalar bilan onlayn bog‘lanish, alohida uzatuvchi telestansiya o‘rnatiladigan Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi bilan bevosita onlayn aloqa yo‘lga qo‘yilgan.

– O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan, – deydi «Sinxua» axborot agentligi muxbiri Sha Dati (Xitoy). – Bunga saylov kampaniyasi davomida guvoh bo‘lmoqdamiz. Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyalari tomonidan matbuot anjumanlari va brifinglar onlayn tarzida tashkil etilayotgani barcha hududlardagi saylovchilarning faolligi oshishiga, muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonidan to‘laqonli xabardor bo‘lishiga imkoniyat yaratmoqda. Mazkur press-klubning ochilishi jurnalistlarning O‘zbekistondagi muhim siyosiy jarayon haqida yanada kengroq axborot olishi va saylov kampaniyasini samarali yoritishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Press-klubning samarali faoliyat olib borishi uchun siyosiy partiyalar, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari va turkum tadbirlar tashkil etiladi.

Press-klub dasturidan xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy OAV vakillarini O‘zbekistonning an’anaviy madaniyati va san’ati bilan tanishtirishga qaratilgan madaniy tadbirlar ham o‘rin olgan.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturida saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilgani diqqatga sazovor, – deydi “The Daily Ittihad” gazetasi muxbiri Muhammad Abbosxon (Pokiston). – Bunga Samarkand va Buxoro viloyatlarida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarni kuzatish jarayonida guvoh bo‘ldik. Aksariyat saylovchilar Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari, ulardagi ustuvor yo‘nalishlardan yaxshi xabardor. Bu mamlakatingizda mazkur siyosiy jarayonga tashkiliy-huquqiy jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rilganidan dalolat beradi.

Tadbirda mamlakatimizda saylovni yorituvchi ommaviy axborot vositalarining zamonaviy asosda faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgani, bunday loyihalar xorijiy kuzatuvchilar va OAV vakillarini bo‘lajak saylov jarayoni, shuningdek, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati bilan tanishtirishda alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi.



Muallif: O'zA
Просмотров: 7548