×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:11:41 (GMT +5), payshanba, 9 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - noyabr 2016

Saylovchilar murojaatlari — e’tiborda

Saylov qonunchiligi qoidalariga qat’iy rioya qilish saylovlarni erkin, ochiq, adolatli o‘tkazishning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi -Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida fuqarolar huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning saylov qonunchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash orqali siyosiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayapti.

Bu sa’y-harakatlar natijasida aholining mazkur jarayonga qiziqishi ortib, siyosiy tadbirda faol ishtirok etishga intilishi kuchaymoqda. Bunda, shubhasiz, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar dasturining ahamiyati katta bo‘layotir. Ushbu -dasturda fuqarolarning murojaatlariga alohida ahamiyat berilgan.

Misol uchun, saylovga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish chog‘ida qonunbuzilishlarining oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ular yuzasidan qonunda belgilangan choralarni qo‘llash hamda okrug, uchastka saylov komissiyalari bilan doimiy aloqa o‘rnatishni ta’minlash maqsadida shu yilning 1 noyabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida kechayu kunduz ishlab turadigan “Ishonch telefoni” — (0 371) 239-35-62, shuningdek, faks — (0 371) 239-42-43 va elektron pochta — ub_saylov@umail.uz ishga tushirildi.

— “Ishonch telefoni” orqali ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda, — deydi Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati mas’ul xodimi Farhod Nasriddinov. — Ularning asosiy qismi muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish tartibi, vaqtinchalik yashash joyida ovoz berish, xorijda ovoz berish, Prezidentlikka nomzodlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etish va saylov bilan bog‘liq jarayonlarga oid savollardir.

Hozirgi vaqtgacha 400 ga yaqin telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qildik. “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilgan fuqarolarga malakali mutaxassislar tomonidan o‘zbek, rus hamda qoraqalpoq tillarida maslahat olish imkoniyati yaratildi.

Qolaversa, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati, saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni moliyalashtirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari faoliyati, shuningdek, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalarida saylov kampaniyasini yoritish, saylov qonunchiligi buzilishiga oid masalalarda tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasida fuqarolarni qabul qilish kunlari yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov -komissiyasi Raisi, uning o‘rinbosari hamda kotibiyat boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Bu saylov jarayonida yuzaga keladigan turli masalalarni tez va amaliy hal qilishga imkon beradi.

Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasi rasmiy veb-sayti — www.elections.uzning “Interaktiv xizmatlar” bo‘limida fuqarolarni ko‘proq qiziqtirayotgan savollar hamda ularning javoblari e’lon qilingan. Saylovchilar, shu jumladan, yoshlar va birinchi marotaba ovoz beruvchi yigit-qizlar uchun ularning saylov huquqlariga oid maxsus bo‘lim ochilgan. Saytga kiruvchilar soni ko‘pligi undagi ma’lumotlarning ommabopligi hamda foydalanuvchilar uchun qiziqarliligidan dalolatdir.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombuds-man) idorasida ham saylovchilar uchun “Ishonch telefoni” joriy yilning 14 oktyabridan faol ishlamoqda. Hozirgi kunda fuqarolar “Ishonch telefoni” orqali saylov qonunchiligi, qolaversa, muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon bo‘yicha malakali yuridik maslahatlar olishayotir.

— Ayni paytgacha respublikamizning turli hududlaridan “Ishonch telefoni”ga 500 dan ziyod qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi, — deydi Ombudsman kotibiyati xodimi Gabit Aydarov. — Fuqarolar, asosan, saylovchilar ro‘yxatini tuzish, O’zbekiston Respublikasi -Prezidentligiga nomzodlar bilan uchrashuvlarda qatnashish, ovoz berish, shu jumladan, -muddatidan oldin ovoz berish, saylov byulletenini to‘ldirish tartiblari haqida qiziqish bildirmoqda. Albatta, ular o‘z murojaatlariga to‘la-to‘kis javob olishayapti. Eslatib o‘tamiz, 10-96 raqamiga dushanbadan jumagacha soat 10.00 dan 18.00 gacha qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Qo‘ng‘iroqlar respublika bo‘yicha bepul. 3-4 dekabr — saylov arafasi va saylov kunida “Ishonch telefoni” kechayu kunduz ishlaydi.

Umuman, saylovchilar fikr-mulohazalariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi hamda -Ombudsman “Ishonch telefon”lari ishi saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish va ularning faolligini oshirish, ayni paytda fuqarolarning emin-erkin xohish bildirishlarini ta’minlash hamda saylov jarayoni monitoringini yuritishga imkon beradi.

Shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatayotgan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi joriy yilning 2 noyabridan 20 noyabrigacha bo‘lgan davrda ushbu muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini kuzatish yakunlari bo‘yicha oraliq hisobotini chop etdi. Unda, xususan, Markaziy saylov komissiyasining hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining fuqarolar saylov huquqlarini ishonchli himoya qilish, saylovchilar shikoyatlarini doimiy rejimda qabul qiladigan va ko‘rib chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Ishonch telefoni” ishga tushirilgani ijobiy baholandi.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 6855