×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:38:16 (GMT +5), chorshanba, 8 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - noyabr 2016

O‘zbekiston xalqi muhim siyosiy tadbir arafasida

 “Ko‘ppartiyaviylik davr taqozosi va xalq talabidir”. Rossiyaning “Nezavisimaya gazeta” nashrida e’lon qilingan ushbu nomdagi maqola O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlandi.

Maqola muallifi yaqinda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalarini tahlil qilib, siyosiy partiyalar dasturlarini taqqoslaydi, ularning O‘zbekistondagi davlat hamda jamiyat qurilishi jarayonidagi roli haqida fikr yuritadi.

Xususan, maqolada O‘zbekistonda mamlakatni isloh qilish strategiyasi davom ettirilishi va hokimiyatning barqaror faoliyat yuritishi ta’minlanishi qayd etilgan. Mamlakat fuqarolariga, eng muhimi, tinchlik-osoyishtalikni saqlashdir. Ular uchun saylov nafaqat huquq, ayni chog‘da fuqarolik burchi, mamlakat kelajagiga daxldorlik ifodasi, davlat boshlig‘i lavozimiga munosib nomzodni tanlashda o‘z fikrini bildirish imkoniyatidir.

Prezidentlikka nomzodlar o‘rtasidagi real siyosiy raqobat 2016-yilgi saylov kampaniyasining o‘ziga xos jihatlaridan hisoblanadi. Buning uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolar saylov huquqlariga so‘zsiz rioya qilish, ularning saylovda erkin ishtirok etishiga shart-sharoit hamda saylov kampaniyasida siyosiy partiyalar va Prezidentlikka nomzodlarga keng hamda teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, ushbu siyosiy tadbirning adolatli, ochiq, oshkora va transparentlik prinsiplari asosida o‘tkazilishiga xizmat qilmoqda. Butun saylov jarayoni oshkoralik va ochiqlik asosida olib borilayapti.

Muallif O‘zbekistonda saylov jarayoni yangicha mazmun-mohiyat bilan boyigan, partiyalararo siyosiy raqobat, aholining siyosiy faolligi o‘sgan, ularning saylovda qatnashishga bo‘lgan intilishi kuchaygan bir sharoitda o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratgan. Uning fikricha, bu davlat hokimiyati va boshqaruvini izchil modernizatsiya qilish yuzasidan amalga oshirilgan islohotlar samarasidir.

Chunonchi, 2015-yilda birinchi marta mamlakat Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlashning yangi tartibi joriy qilindi. Unga muvofiq, Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Parlament quyi palatasida kam o‘rinni egallagan siyosiy partiyalar parlament muxolifatini shakllantirdi. “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi xalq tomonidan saylangan parlamentning rolini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu hujjat Oliy Majlisning nazorat-tahlil faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Muallif siyosiy partiyalar platformalarini qiyoslar ekan, ularning xilmaxilligini, yondashuv va qarashlarning turfaligini, ayni paytda ularning demokratik qadriyatlarga sodiqlikda yaqinligini e’tirof etgan.

“Argumentы i faktы” gazetasida esa “O‘zbekiston o‘z kelajagini belgilamoqda” deb nomlangan maqola chop etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga mamlakat mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar nuqtai nazaridan e’tibor qaratilgan.

Maqola muallifining yozishicha, O‘zbekistonda davlat boshqaruvida Prezidentlik instituti asosiy o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilganidek, Prezident davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta’minlaydi. Prezident fuqarolarning huquq va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafolatidir.

Shu ma’noda, joriy yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi mamlakatimiz, xalqimiz hayotida g‘oyat muhim o‘rin tutadigan ijtimoiy-siyosiy tadbir hisoblanadi. Mamlakatda demokratik prinsiplarga to‘liq mos keladigan saylov qonunchiligi va tizimi yaratilgan. Ular adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik va transparentlik prinsiplari asosida fuqarolarning saylov huquqlariga so‘zsiz rioya qilish, saylovchilarga saylovda erkin ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar, Prezidentlikka nomzod ko‘rsatadigan siyosiy partiyalar va nomzodlarga saylov kampaniyasi davomida keng va teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Milliy qonunchilikda Markaziy saylov komissiyasi rahbarligida saylovlarning qonun talablariga muvofiq ravishda tashkil qilinishi va o‘tkazilishini ta’minlaydigan hamda faqat qonunga bo‘ysunadigan mustaqil saylov komissiyalari haqidagi me’yor mustahkamlab qo‘yilgani saylov tizimining eng muhim xususiyatidir. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosiga uning saylov huquqlari sud yo‘li bilan himoya etilishi, saylov komissiyalarining, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kafolatlanadi. Fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Muallifning qayd etishicha, joriy yilgi saylov kampaniyasining muhim jihatlaridan biri Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar dasturi qabul qilinganidir. Ushbu hujjatga binoan, saylov kampaniyasini qonun talablari asosida olib borish, shuningdek, fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashdek muhim vazifaga nodavlat notijorat tashkilotlari keng jalb qilingan.

“Shuni komil ishonch bilan qayd etish mumkinki, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan davlat boshqaruvi, demokratik institutlar va milliy qonunchilik tizimi samarali ishlamoqda va kelajak sari dadil harakat qilishga xizmat qilmoqda”, deb xulosa qiladi “AiF”.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 7799