×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:39:55 (GMT +5), shanba, 15 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Standart versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - noyabr 2016

MDH missiyasi: O‘zbekistonda saylov kampaniyasi ochiq raqobat ruhida o‘tmoqda

O‘zbekistonda saylovoldi tashviqoti davri qonunchilikka amal qilingan holda o‘tkazilmoqda, Prezidentlikka nomzodlarga o‘z dasturlarini taqdim etishi hamda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi uchun teng sharoitlar yaratilgan. Umuman olganda saylov kampaniyasi ochiq raqobat ruhida va yuqori tashkiliy darajada o‘tmoqda.

Bu haqda bugun Toshkentda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilar missiyasi vakillari tomonidan aytib o‘tildi. Missiya a’zolari mamlakatimizda davom etayotgan elektoral mavsum haqidagi xulosa va baholarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan kuzatuvning borishi haqidagi oraliq hisobotida (28-noyabr holatiga) bayon qilishgan. Bunda ular o‘z vazifalarini erkin va mustaqil bajarayotganini ta’kidladi.

Joriy saylov kampaniyasining barcha bosqichlari, qonuniy asoslar, normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga batafsil to‘xtalar ekan, MDH kuzatuvchilari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlari uyushqoqlik va izchillik bilan amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Missiya a’zolarining fikricha, okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, fuqarolar bosma nashrlar, tele va radiokanallar orqali saylovga tayyorgarlikning borishi haqida xabardor etib borilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida joriy yilning 1-noyabridan Markaziy saylov komissiyasida kecha-kunduz faoliyat yuritayotgan “ishonch telefoni” va elektron pochtaga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston saylov amaliyotida birinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar dasturi qabul qilinib, bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani kuzatuvchilar diqqatini tortgan. Shu maqsadda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Oraliq hisobotda O‘zbekistondagi jamoat tashkilotlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan ijtimoiy sheriklikda amalga oshirayotgan keng miqyosli sa’y-harakatlari, xususan, saylovga doir turli ijtimoiy aksiyalari o‘zining aniq ifodasini topgan.

Missiya a’zolari bildirishicha, Markaziy saylov komissiyasi saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanmoqda. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari yangiliklar va boshqa turdagi axborot materiallarida nomzodlarning saylovoldi faoliyatini yoritish vaqti va hajmi bo‘yicha bir xil sharoit yaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, MDH kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni 17 noyabrdan boshlab monitoring qilmoqda. 10 nafar uzoq muddatli va 60 nafar qisqa muddatli kuzatuvchidan iborat tarkibdagi Missiyaga MDH Ijroiya kengashi kotibi Sergey Lebedev boshchilik qiladi.

Saylov monitoringi jarayonida MDH uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishdi, respublikaning turli hududlaridagi 104 ta uchastkada bo‘ldi. Bundan tashqari, 24-noyabr kuni boshlangan va 2 dekabrda yakunlanadigan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ham ishtirok etdi.

Brifingda ta’kidlanganidek, o‘zining yakuniy xulosa va bahosini Missiya saylov monitoringi natijalari bo‘yicha yakuniy hujjatida bayon etadi.

MDH kuzatuvchilari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarib, saylov kampaniyasi borishini sifatli va o‘z vaqtida yoritib borayotgani uchun OAV vakillariga minnatdorchilik bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazi



Просмотров: 6128