×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:31:37 (GMT +5), chorshanba, 12 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Standart versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - noyabr 2016

Xatamjon Ketmonovning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 28-noyabr kuni Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Qirg‘izboyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Toshmatov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Sirdaryo viloyati o‘zining yuqori iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, geografik joylashuvi bilan mamlakatimiz taraqqiyotida o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasida mustaqillik yillarida viloyatda ana shu salohiyatni yanada oshirish yo‘lida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Viloyatda yalpi hududiy mahsulot 2010-yildan buyon 1,6 barobar oshdi, keyingi besh yilda uning tarkibida sanoat mahsulotlari 1,6-marta o‘sdi. Bu borada ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filiali katta ahamiyat kasb etayotir.

Dasturda mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam ta’minlangan qatlami turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning tartibga soluvchanlik rolini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikning katta qiziqishiga sabab bo‘ladigan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishdan avval ushbu masalalar yuzasidan jamoatchilik maslahatlashuvlari o‘tkazishning majburiyligini belgilash, “Keksalarimiz uchun munosib pensiya ta’minoti!”, “Biz keksalarimizning farovon hayoti uchun mas’ulmiz!” shiorlari negizida mamlakatimiz ravnaqi, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodga ozod va obod Vatan qoldirish borasidagi ishlarga o‘z hissasini qo‘shgan keksa avlodning turmush sharoitini yanada yaxshilash g‘oyasi ilgari surilgan.

O‘qish uchun shartnoma pullarini to‘lashga qiynalayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlarining shartnoma pullarini to‘layotgan korxonalarni, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rag‘batlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo tumani kengashi raisi M.Ahmedov, partiya Guliston tumani kengashi raisi M.Mamatkarimova, Sirdaryo tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri o‘rinbosari Sh.Yo‘ldosheva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni Vatanimiz kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.



Muallif: O'zA
Просмотров: 5938