×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:37:50 (GMT +5), chorshanba, 5 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - noyabr 2016

Narimon Umarovning Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 28-noyabr kuni Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videomuloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi R.Tolipov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Berdiqulova yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati yuksaldi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining qariyb 15 foizi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 12 foizdan ortig‘i, iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan investitsiyalarning taxminan 10 foizi, yalpi ichki mahsulotning 9,7 foizi ayni shu viloyat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Narimon Umarov saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirar ekan, unda ilgari surilgan g‘oyalar “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demokratik davlat, ma’naviy va axloqiy yetuk adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi dasturiy maqsad va vazifalariga asoslanganini ta’kidladi.

Investitsiya takliflarini chuqur o‘rganish va investorlarning ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, raqobatbardosh, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini qat’iy nazoratga olish asnosida korxona va muassasalarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish siyosatini davom ettirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati L.Koshelapova, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi bosh shifokori B.Qosimov, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati K.Hamidova, “To‘ytepa Agro Maks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari U.Shoumarov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish direksiyasi rejalashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ye.Ablayeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi xususida fikr bildirib, saylovga tayyorgarlik jarayoni milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq o‘tayotganini ta’kidladi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.



Muallif: O'zA
Просмотров: 5903