×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:12:49 (GMT +5), payshanba, 6 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - noyabr 2016

Rossiyalik jurnalistlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 28-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida saylovni yoritish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi.

MSK Raisi jurnalistlarni saylov komissiyalari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida Prezidentlik instituti asosiy o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilganidek, Prezident davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikka 2015-yil dekabr oyida kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar saylov amaliyotini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning saylovda erkin ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni kengaytirishga, Prezidentlikka nomzodlarga saylovoldi tashviqoti davrida keng va teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Muloqot chog‘ida qayd etilganidek, saylovning ochiqligi va oshkoraligini, jurnalistlarning saylov kampaniyasiga taalluqli axborotlardan keng foydalanishini ta’minlash maqsadida Prezident saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan bugungi kunga qadar saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan qariyb 100 ta matbuot anjumani va brifinglar o‘tkazildi. Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 ming 306 nafar vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan boshlab shu kunga qadar mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalarida 15 ming 845 ta material e’lon qilindi.

Uchrashuvda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi
Просмотров: 6050