×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:59:24 (GMT +5), juma, 25 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


25 - noyabr 2016

Markaziy saylov komissiyasi majlisi

25-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti joriy monitoringining dastlabki natijalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda saylov qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalangan holda saylovoldi tashviqotini olib borishda teng sharoitlar ta’minlanayotgani alohida ta’kidlandi. Nomzodlar joriy yilning 28-oktabridan boshlab mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘z g‘oya va qarashlari, taklif va tashabbuslari aks etgan saylovoldi dasturlarini saylovchilar, umuman, keng jamoatchilikka yetkazishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli tashviqot tadbirlarini olib bormoqda. Prezidentlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari barcha saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilmoqda.

Nomzodlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston" va "Yoshlar" tele- va radiokanallarida, hududiy tele- va radiokanallarda bepul efir vaqtidan samarali foydalanmoqda. Shuningdek, ular "Xalq so‘zi", "Narodnoye slovo", "Pravda Vostoka", “Nurli jol” va “Ovozi tochik” gazetalari, hududiy gazetalarda ajratilgan bepul nashr maydonidan ham tashviqot maqsadida unumli foydalanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar partiyalar gazetalarida ham saylovoldi kampaniyasini olib bormoqda, Internet nashrlar imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari nomzodlarning saylovoldi tashviqotini keng yoritib bormoqda.

Majlisda ta’kidlanganidek, nomzodlar va ommaviy axborot vositalari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 3 oktyabrda qabul qilingan qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga qat’iy amal qilib kelmoqda. Nomzodlar saylovoldi tashviqotining o‘tgan davrida saylov qonunchiligi buzilishi hollari qayd etilmadi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqdi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida barcha bo‘g‘indagi saylov komissiyalari tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashga qaratilgan katta ish olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun saylov uchastkalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 ta saylov uchastkasi tuzildi. Ular ovoz berishni o‘tkazish uchun barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Har bir saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar haqida axborot mavjud. Uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi haqida xabardor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tele- va radiokanallarda saylov sanasi haqida axborot roliklari, muddatidan oldin ovoz berish, saylov kuni ovoz berish va saylov byulletenini to‘ldirish tartibi, shuningdek, uchastka saylov komissiyalarining saylov kunidagi faoliyati haqida ko‘rsatuv va videoroliklar efirga uzatilmoqda.

Hozir saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Majlisda xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarni, ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bugungi kunga qadar saylov kampaniyasini yoritish uchun Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyalari tomonidan yurtimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 ming 300 dan ziyod xodimi akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ularni zarur axborot materiallari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi, okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari faoliyat yuritmoqda, matbuot anjumanlari, brifing va seminarlar o‘tkazilmoqda.

Ovoz berish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida yagona kompyuter tarmog‘i yaratilgan bo‘lib, bu saylov kuni ovoz berish jarayonini onlayn rejimida kuzatish, mamlakatimiz hududlari bilan videoaloqa orqali muloqot olib borish imkonini beradi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kuni jamoatchilikni ovoz berishning borishi haqida 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida bo‘lib o‘tadigan onlayn brifinglar orqali xabardor qilib boradi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazi
Просмотров: 6656