×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:31:53 (GMT +5), chorshanba, 8 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


24 - noyabr 2016

Xatamjon Ketmonovning Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 24-noyabr kuni Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati T.Norboyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Ch.Jumaqulov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Surxondaryo viloyati o‘zining iqtisodiy salohiyati, muhim geografik o‘rni, tabiiy imkoniyatlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillik yillarida ana shu salohiyat va imkoniyatlarni voha ahli, butun xalqimiz manfaatlari yo‘lida ishlatish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Viloyat iqtisodiyoti barqaror o‘sish sur’atlari bilan rivojlanmoqda.

To‘palang gidroelektrostansiyasi, Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash zavodi, “Sharg‘un ko‘mir”, “Xo‘jaikon tuz” aksiyadorlik jamiyatlari, “Xonjiza” kon-boyitish majmuasi kabi yirik sanoat korxonalari mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ham jadal rivojlanmoqda. Mazkur sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 75 foizga, hududiy eksportdagi ulushi 58 foizga yetdi. Mehnat bilan band aholining 80 foizi ana shu sohada faoliyat ko‘rsatmoqda.

Dastur partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining parlamentdagi ko‘pchilik – demokratik kuchlar blokiga nisbatan o‘zini muxolifat, deb e’lon qilgani, bu muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator g‘oyalarga asoslanishi ta’kidlandi.

Korxona va ish beruvchilarning tegishli hududlardagi kasb-hunar kollejlariga biriktirilishi hamda muntazam harakatdagi “kollej – korxona” aloqalarini yo‘lga qo‘yish, nogironlar mehnat qilishi uchun ixtisoslashgan korxonalar tashkil etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, jumladan, ushbu maqsadda davlatning markazlashgan sarmoyalari hisobidan bunday korxonalar tarmog‘ini rivojlantirish va yirik korxonalarga kasanachilik ish joylarini tashkil etish bo‘yicha majburiy kvotalar belgilash orqali jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni kasanachilik faoliyatiga jalb qilishni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Dasturda o‘qish uchun shartnoma pulini to‘lashga qiynalayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga shartnoma pullarini to‘layotgan korxonalarni rag‘batlantirish, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Oltinsoy tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori B.Tog‘ayev, Termiz shahridagi 2-oilaviy poliklinika bosh shifokori O.Jo‘rayeva, Termiz shahridagi 24-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi D.Abdullayeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni Vatanimiz kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 



Muallif: O‘zA
Просмотров: 6410