×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:15:43 (GMT +5), payshanba, 2 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - noyabr 2016

Narimon Umarovning Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 22-noyabr kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videomuloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi raisi o‘rinbosari R.Latipov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili I.Abdullayev yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Nomzod o‘z ma’ruzasida Xorazmiy, Beruniy, Najmiddin Kubro kabi buyuk allomalar, Jaloliddin Manguberdi singari vatanparvar sarkardalarga beshik bo‘lgan Xorazm viloyatida ham mustaqillik yillarida ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani samarasida hudud qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholi farovonligi izchil yuksalib borayotganini ta’kidladi. Jumladan, Pitnak shahrida ishga tushirilgan “Xorazm avto” zavodida ishlab chiqarilayotgan “Orlando”, “Damas”, “Labo” kabi zamonaviy avtomobillar xonadonlarimiz dastyoriga aylanib, xalqimizning uzog‘ini yaqin qilish va turmush sifati oshishiga xizmat qilmoqda.

Dasturda “Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” tamoyiliga amal qilgan holda, aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashning muhim sharti bo‘lgan ko‘p yillik mustaqil taraqqiyotimiz davrida o‘zini to‘la oqlagan davlat ijtimoiy dasturlari ishlab chiqish va hayotga samarali tatbiq etish tajribasini davom ettirish, kuchli ijtimoiy himoya siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida aholi salomatligini muhofaza qilishga doir takliflar ilgari surilgan.

Aholi keng qatlamlariga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash barobarida maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari doirasida bolalarni tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash tizimini yanada kuchaytirish, dori vositalarining noqonuniy aylanishi hamda sifatsiz dori vositalari sotilishining oldini olish, tibbiyot muolajalari, xususan, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng qo‘llab kelinayotgan ilg‘or tibbiy xizmat turlarini mamlakatimizda ham joriy qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M.Qurbonboyev, Urganch davlat universiteti dotsenti Yu.Rahmonova, Xorazm viloyati onkologiya dispanseri bosh shifokori T.Polvonov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati R.Ro‘zmetov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida fikr bildirib, saylovga tayyorgarlik jarayoni milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq o‘tayotganini ta’kidladi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 



Muallif: O‘zA
Просмотров: 6015