×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:02:57 (GMT +5), chorshanba, 5 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


18 - noyabr 2016

Barcha saylovchilarning ovoz berish huquqi ta’minlanadi

Mamlakatimizda 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Xususan, ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish, saylov kampaniyasi davrida tinchlik-osoyishtalikni, yurtdoshlarimiz xavfsizligini ta’minlash, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom Turg‘unov ana shular xususida muxbirimizga quyidagilarni gapirib berdi.

— Saylov demokratiyaning muhim instituti, xalq o‘z xohish-irodasini bildirishi, uning siyosiy jarayonlarda, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda, jumladan, hokimiyatning vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etishining asosiy vositalaridan biri hisoblanadi, — deydi I.Turg‘unov. — Mamlakatimizda saylovlarni umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar va xalqaro andozalar darajasida o‘tkazish uchun mustahkam qonunchilik asosi hamda saylov tizimi shakllantirilgan. Milliy saylov qonunchiligimizda saylovlarni o‘tkazishning muhim standartlari — umumiylik, tenglik hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish, saylovda qatnashishning ixtiyoriyligi, uni o‘tkazishning ochiq va oshkoraligi kabi qoidalar ifodasini topgan bo‘lib, bu yurtdoshlarimiz o‘z fuqarolik pozitsiyasini to‘la namoyon etishi uchun xizmat qilmoqda.

Fuqarolarning saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari to‘liq ta’minlanishida aholining yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati alohida ahamiyatga ega. Shu bois bugungi kunda bu borada Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yil 7-oktabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi asosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur hujjat huquqiy targ‘ibotning barcha jabhasini qamrab olgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalar davlat va fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirilayapti. Joylarda o‘tkazilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarida ichki ishlar idoralari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Bunday tadbirlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish barobarida, soha xodimlarining mas’uliyatini oshirishda muhim o‘rin tutayotganini ham aytish zarur.

Konstitutsiyamizning 26-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi, aybsizlik prezumpsiyasi ta’minlanadi. Ushbu qoida qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan shaxsning aybdor emasligini anglatadi, ya’ni bunday joylarda bo‘lgan, lekin unga nisbatan hali sud hukmi chiqarilmagan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur konstitutsiyaviy qoida talablaridan kelib chiqib, saylov qonunchiligimizga 2015-yil dekabr oyida kiritilgan o‘zgartishlarga asosan, qamoqda saqlash joylarida ham ovoz berish tashkil etilishi mumkin.

Ana shunga ko‘ra, saylov kuni qamoqda saqlash joylarida bo‘ladigan fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini to‘liq amalga oshirishlari uchun sharoit yaratish masalasi e’tiborimiz markazida turibdi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq, qamoqda saqlash joylarida o‘n bitta saylov uchastkasi tuzildi. Mazkur saylov uchastkalarida ovoz berishni tashkil etish uchun qonun talablari asosida jihozlangan kabinalar va saylov qutilari taxt qilib qo‘yildi, saylov byulletenlarini tarqatish uchun mo‘ljallangan joylar ajratildi.

Ushlab turilgan shaxslar saylov kuni 18 yoshga to‘ladigan bo‘lsa, ular muassasa ma’muriyati tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Qamoqda saqlash joyidagi saylov uchastkasida saylovchilar ro‘yxati ovoz berishga ikki kun qolganida umumiy tanishish uchun ilib qo‘yiladi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, boshqa saylov uchastkalaridan farqli ravishda, bunday joylardagi saylovchilarning soni o‘zgarishi mumkin. Ya’ni ustidan tergov harakati olib borilayotgan shaxs saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa va unga nisbatan sud hukmi chiqarilsa, u saylov huquqini yo‘qotadi va ro‘yxatdan chiqariladi.

Hozirgi kunda bunday saylov uchastkalarida ovoz berishni qonun talablari asosida, ochiq va oshkora o‘tkazish uchun barcha sharoit mavjud. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan va qamoqqa olingan saylovchilar nomzodlarning saylovoldi tashviqoti materiallari bilan tanishishi uchun ham qulayliklar yaratib berilmoqda.

Bundan tashqari, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qamoqda saqlash joyining ma’muriyati tomonidan saylov komissiyalarining axborot plakatlari va saylov kampaniyasiga doir boshqa ma’lumotlar bilan mazkur axborotlarni saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan joylardagi stendlarga joylashtirish orqali tanishtirilmoqda.

Ma’lumki, Prezident saylovida 21 million 435 ming nafar fuqaroning ovoz berishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan shu yil 7-oktabrda Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. Mazkur hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan saylov chog‘ida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, turli noxush holatlarning oldini olish bilan bog‘liq tashkiliy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yetarli darajada xodimlar, avtotransport va aloqa vositalari, texnik asbob-uskunalar ajratildi. Saylov uchastkalari yong‘in haqida avtomatik xabar berish tizimlari bilan jihozlandi.

Ovoz berish kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ham muayyan ishlar olib borilayotir. Xususan, saylov uchastkalariga olib boradigan yo‘llarga qo‘shimcha yo‘l belgilari o‘rnatilayapti. Bugungi kunga qadar saylov uchastkalari atrofida 3 ming 953 ta avtoturargoh shay holga keltirildi.

Umuman, ichki ishlar idoralari tomonidan saylov kampaniyasi davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarimiz va mehmonlarimizning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 6535