×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:33:48 (GMT +5), juma, 2 - oktabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Standart versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - noyabr 2016

Kuchli ijtimoiy himoya — asosiy maqsadimiz

Joriy yilning sentabr oyida Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mazkur jarayonda munosib ishtirok etish, saylovoldi tadbirlarida milliy qonunchilik talablariga rioya qilgan holda, o‘z huquq va vakolatlaridan samarali foydalanish hamda bu boradagi keng qamrovli faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirib borish maqsadida Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi O‘zXDP Markaziy saylov shtabi hamda hududiy partiya tashkilotlarida saylov shtablarini tashkil etish haqida qaror qabul qildi.

Partiyaning Markaziy saylov shtabi O‘zXDP Markaziy Kengashi rahbarlari hamda mas’ul xodimlaridan tashkil topdi va uning asosiy vazifalari tasdiqlandi.

O‘tgan vaqt mobaynida saylov shtabida respublika va mahalliy OAV orqali keng jamoatchilikni partiyaning saylov jarayonidagi ishtirokiga qaratilgan targ‘ibot ishlari, o‘tkazilayotgan tadbirlar, seminarlar, mashg‘ulotlar haqida xabardor qilish bo‘yicha media-rejalarni shakllantirish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. Bu borada boshlang‘ich partiya tashkilotlari, shahar va tuman partiya kengashlarida ishlar qizg‘in olib borilmoqda.

Barcha targ‘ibot va tashviqot materiallari “Biz uchun asosiy ustuvor yo‘nalish, avvalambor, aholining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi”, degan g‘oya asosida yaratilmoqda.

Zero, bu qarash O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov Saylovoldi dasturining muhim asoslaridan biridir. Mazkur g‘oyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nomzod bir qator takliflar, tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Xususan, nomzod dasturida muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Avvalo, mehnatga layoqatli kishilarning munosib haq to‘lanadigan ish o‘rinlariga ega bo‘lishini, fuqarolarning shaxsiy tashabbuskorligi va ishbilarmonligini yanada qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish zarur.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlarda bu boradagi pozitsiyasini bayon etar ekan, mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, kasb tanlash, ta’lim olish va o‘quv muassasalarini bitirgach, ish o‘rniga ega bo‘lishlari uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlarni yaratishga eng muhim masala sifatida qaramoqda.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish g‘oyasi saylovchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘layapti. Uchrashuvlarda nomzodga bo‘layotgan murojaatlar tahlili ana shundan dalolat berayotir.

Bizning nomzod ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda barqaror ish o‘rinlarini yaratish ko‘rsatkichlari muhim mezonlardan bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, nomzodimiz fikricha, ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun har yili qabul qilinadigan Bandlik dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga o‘tish kerak.

Xususan, mehnat bozoridagi talab-taklifni to‘liq o‘rganish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri, aniq belgilash lozim.

Munosib ish haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlarini taklif etayotgan, birinchi navbatda, zaminimizdagi boy mineral xom ashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan yuqori texnologiyali korxonalar, xizmat ko‘rsatish hamda servis sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish talab etiladi.

Maqsadimiz — xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish

Ma’lumki, O‘zbekiston XDPning dasturiy maqsadlarida aholining jamiyat va davlat tomonidan alohida qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlariga ustuvorlik beriladi. Xususan, joriy yilda ham shu maqsad asosida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani imzo to‘plash jarayonida o‘zining samarasini berdi, deyish mumkin. Binobarin, mazkur jarayonda fuqarolarning ana shunday ezgu g‘oyaga xayrixohligi o‘z isbotini to‘liq topdi. Qonunchilik talablari asosida qisqa fursatlarda zarur miqdordagi imzo to‘plangani buning tasdig‘idir.

— Bizning asosiy shiorimiz “Maqsadimiz — xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish!”

Bunday keng qamrovli, ijtimoiy yo‘naltirilgan vazifalarni amalda bajarish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olganmiz. Jumladan, aholi bandligini ta’minlash tizimiga zamonaviy usullarni joriy qilish, shu orqali uni doimiy takomillashtirib borish zarur, deb hisoblaymiz.

Rustam KAMILOV,

O‘zXDP Markaziy saylov shtabi raisi.

Ayni paytda shtab a’zolari saylov jarayonida partiyaning kuzatuvchilarini tanlash yuzasidan ish olib bormoqdalar. Bu jarayonda nomzodlarning faolligi, siyosiy-huquqiy bilimi, saylov to‘g‘risidagi qonuniy asoslardan xabardorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki kuzatuvchilarning saylov jarayonidagi sa’y-harakatlari konstitutsiyaviy tamoyillar va amaldagi qonunchilik talablariga javob berishi kerak. Bu borada joylarda qator tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. O‘quvlar uchun tayyorlangan mavzular rejasida partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturi mohiyatini chuqur o‘zlashtirishlari alohida inobatga olingan.

Xususan, xalqimizning hayotiy manfaatlari bilan bog‘liq “Iqtisodiy islohotlarga — ijtimoiy samaradorlik!” shiori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga partiya va undan ko‘rsatilgan nomzod yondashuvining tub mohiyatini o‘zida aks ettiradi.

Xatamjon Ketmonov aholining xarid qobiliyatini oshirish ichki talabning ortishiga xizmat qiladi, deb hisoblaydi.

Bu iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori o‘sish sur’atlarini izchil oshirib borishning mustahkam asosidir.

— Partiyamiz tashviqot guruhlarining har bir a’zosi nomzod dasturidagi g‘oyalar va tashabbuslarni saylovchilar orasida xalqona tilda, hayotiy misollar asosida targ‘ib qilmoqdalar.

Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish, budjet mablag‘lari, ayniqsa, ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadli ravishda sarflanishi ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish kabi muhim vazifalar inobatga olinmoqda.

Har bir targ‘ibotchi nomzodimiz dasturidagi g‘oyalar mazmun-mohiyati va ahamiyatini chuqur anglashi, bu borada saylovchilarni qiziqtirgan savollarga to‘liq javob qaytarishi masalalariga alohida e’tibor qaratayapmiz.

Nazira MATYAKUBOVA,

Markaziy saylov shtabi a’zosi.

Targ‘ibot-tashviqotni samarali olib borish — saylov shtabi faoliyatining asosiy yo‘nalishi

Shtablar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri, bu — shubhasiz, saylovoldi tashviqoti, siyosiy piar kampaniyani tashkil qilish, jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha puxta rejalar ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlashdan iborat.

Bunda ilg‘or va puxta o‘ylangan piar kampaniya hamda samarali siyosiy texnologiyalardan foydalanishga katta e’tibor qaratilayapti. Shtab a’zolari tomonidan ham mahalliy, ham xorijiy tajriba chuqur o‘rganilib, xulosalar asosida muayyan targ‘ibot rejalari tayyorlanmoqda.

Prezidentlikka partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturidagi yo‘nalishlar quyidagi 11 shior orqali ifodalangan:

Har bir inson uchun munosib ish haqi!

Maqsadimiz — xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish!

Keksalarimiz uchun munosib pensiya ta’minoti!

Keksalarimizning farovon hayoti uchun mas’ulmiz!

Aholi bandligi — ijtimoiy himoyaning eng maqbul yo‘li!

Har bir inson uchun munosib ish o‘rni!

Aholi bandligini ta’minlash — eng asosiy burchimiz!

Ijtimoiy ko‘mak — tashabbuskorlikka yo‘l ochmog‘i darkor!

Kuchli ijtimoiy himoya — asosiy maqsadimiz!

Kam ta’minlanganlarning kuchli ijtimoiy himoyasi uchun kurashamiz!

Iqtisodiy islohotlarga — ijtimoiy samaradorlik!

Saylov shtabi faoliyati ham mazkur shiorlar mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish va saylovchilar e’tiborini ko‘proq jalb etishga yo‘naltirilgan. Buning uchun ushbu shiorlar aks etgan 9 turdagi targ‘ibot vositalari qariyb bir million nusxada tayyorlandi.

Targ‘ibot vositalari zamonaviy huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish, bozor munosabatlariga asoslangan yangi iqtisodiyotni vujudga keltirish, barcha islohot inson va uning manfaatlari uchun, degan shiordan kelib chiqqan holda, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish borasida ilgari surilayotgan takliflarni o‘zida mujassamlashtirgan. Shu bilan bir qatorda, mamlakat va xalqimizning o‘ziga xosligi hamda partiya dasturiy maqsadlari ham alohida inobatga olingan.

O‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari, xususan, nomzodning saylovchilar bilan uchrashuvlari shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolar partiyamizning saylovoldi tashviqotini katta qiziqish bilan kuzatmoqdalar.

Shubhasiz, barcha tashkiliy hamda tayyorgarlik ishlarining asosiy maqsadi partiyamizning Prezident saylovida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashdir.

— Saylovoldi tashviqotining muhim yo‘nalishlaridan biri ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan tashviqotdir. Ayniqsa, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida ajratilgan bepul efir vaqtlari hamda nashr maydonlarida nomzod va uning Saylovoldi dasturi haqidagi ma’lumotlarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratayapmiz. Shu bilan birga, partiyamiz muassisligidagi nashrlar orqali olib borilayotgan targ‘ibot ham doimiy diqqat-e’tiborimizda.

Mazkur yo‘nalishlar uchun tayyorlanayotgan materiallarda nomzodimiz Saylovoldi dasturidagi quyidagi yo‘nalishlarga alohida urg‘u berilmoqda:

nafaqalar va moddiy yordamni, asosan, kam ta’minlangan oilalar, moddiy yordamga -muhtoj keksalar va bolalarga yo‘naltirish;

ijtimoiy adolat, mehr-oqibat, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida mahallaning aholini ijtimoiy himoya qilish markazi sifatidagi rolini oshirib borish chora-tadbirlarini ko‘rish;

o‘z biznesini tashkil etishga intiluvchi mehnatga layoqatli fuqarolarga imtiyozli kreditlar va foizsiz ssudalar ajratish amaliyotini yanada rivojlantirish;

kam ta’minlangan oilalarga har oyda to‘lanadigan moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni, o‘z biznesini tashkil etishi uchun maqsadli foydalanish sharti bilan, tegishli davrda to‘lanadigan mablag‘lar summasini bir martalik to‘lov shakliga o‘tkazish mexanizmini joriy etish.

Kezi kelganda ta’kidlash kerakki, saylovchilar saylovoldi uchrashuvlarida ham ushbu yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqdalar.

Alisher RAVSHANOV,

Markaziy saylov shtabi a’zosi.

Tashviqot tadbirlari tarmoq nashrlarida, shuningdek, yuqori reytingga ega veb-saytlar orqali ham olib borilmoqda.

Partiyaning Markaziy saylov shtabiga 17 nafar mutaxassis jalb qilingan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari kesimida jami 98, tumanlar va shaharlarda esa 10000 nafar mutaxassis bevosita shtablar faoliyatida ishtirok etmoqda.

Barcha darajadagi shtablar zarur moddiy-texnika hamda targ‘ibot vositalari bilan to‘liq ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonovga ovoz bering!

O‘zXDP Markaziy Kengashi

Matbuot xizmati.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 7761