×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:54:08 (GMT +5), chorshanba, 5 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - noyabr 2016

Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari

O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylov shtablari partiya nomzodi dasturini tashviqot qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Saylov shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan, bugungi kunda Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov viloyatlarda, nomzodning ishonchli vakillari tuman va shaharlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Uchrashuvlarda Dasturda belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati saylovchilarga hamda keng jamoatchilikka bevosita yetkazilmoqda.

Bunday samarali sa’y-harakatlar natijasida elektorat va saylovchilarning vakillari o‘rtasida nomzodning Saylovoldi dasturiga qiziqish kuchayib borayotir. Bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan besh tamoyil asosida islohotlar bardavomligini ta’minlash, boshlangan ulug‘vor ishlarga jo‘shqin sur’at baxsh etish uchun mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizga erishishda to‘plangan tajribalar, ulkan tarixiy, madaniy, boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlash hamda ma’naviy yuksalishga erishish zarur, deb hisoblaydigan tarafdorlarimiz safi kengayib borayotgani fikrimizning yaqqol tasdig‘idir.

Joylarda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda saylovchilar Saylovoldi dasturida milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha Davlat dasturlari qabul qilish hamda Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi masalalar belgilanganligini alohida e’tirof etmoqdalar.

Dasturda ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga yo‘naltirilmagan xarajatlarni qisqartirish, yangi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, istiqbolli ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan korxonalarga soliq va majburiy to‘lovlarda imtiyozlar berish yo‘li bilan mahalliy sanoat samaradorligini yanada oshirish muhim masala sifatida belgilangan. Partiya Markaziy Kengashi shtabiga kelayotgan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqdaki, aynan shu masala ham saylovchilarda muayyan qiziqish uyg‘otmoqda.

Shuningdek, Dasturda aks ettirilgan milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlardan muhofaza etish, qulay va jozibador sarmoya muhitini shakllantirishning huquqiy asoslarini kuchaytirish, davlat kompaniyalari va davlat ulushi ustunlik qiladigan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati shaffofligini ta’minlash orqali ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ichki xususiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga yo‘naltirishni yanada kengaytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifalari mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz, deb ta’kidlashdi uchrashuvlarda so‘zga chiqqanlar.

Prezidentlikka nomzod Saylovoldi dasturidagi bu kabi vazifalarning hayotiyligi va bugungi kun uchun o‘ta dolzarbligi saylovoldi tashviqotini samarali olib borishga xizmat qilmoqda.

Dasturda ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy va axborot hamda tashqi siyosat sohalaridagi qator masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq mexanizm va vositalar ilgari surildi. Buni shu kunlarda saylovoldi tashviqoti doirasida keng jamoatchilik bilan uchrashuvlarda saylovchilar ham e’tirof etishmoqda.

Ma’lumki, saylovda muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biri — ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish. Yurtimizda so‘z erkinligi, fikrlar xilmaxilligi, odamlar o‘z qarashlarini ochiq-oshkora ifoda etishini amalda ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimizda 1472 ta ommaviy axborot vositasi erkin faoliyat yuritayotgani hamda izchil rivojlanib borayotgani buning yaqqol tasdig‘idir.

Shundan kelib chiqib, O’zMTDP saylov shtabi ommaviy axborot vositalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning saylovoldi tashviqotini maxsus media-reja asosida samarali olib bormoqda. Xususan, nomzodning Saylovoldi dasturi, nomzod haqida film hamda roliklar tayyorlash, televideniye, radio, markaziy va hududiy bosma ommaviy axborot vositalari hamda internet jahon axborot tarmog‘ida nomzodning saylovoldi tashviqotini olib borish bo‘yicha guruhlar shakllantirildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu kabi ishchi guruhlar boshlang‘ich partiya tashkilotlari, viloyat, tuman va shahar partiya kengashlarida tuzilgan saylov shtablarida ham o‘z faoliyatini izchil olib bormoqda.

O’zMTDP Markaziy Kengashi va hududlardagi saylov shtablari saylovoldi tashviqotini amalga oshirish uchun berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, nomzod Dasturining asosiy yo‘nalishlari va g‘oyalarini tashviq qilish uchun astoydil harakat qilmoqdalar.

Nomzodga ovoz berishga undovchi videoroliklarda Dasturda belgilangan yurtimizda tug‘ilib, chet ellarda vafot etgan buyuk alloma va mutafakkirlarimizning mangu qo‘nim topgan maskanlarini obodonlashtirish, bugungi kungacha YuNYeSKO Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kirmagan arxitektura yodgorliklarini mazkur ro‘yxatga kiritish, moddiy-madaniy merosni qayta tiklash va kapital ta’mirlash jamg‘armasini tashkil etish, xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan, xalqimiz tarixiga oid moddiy boyliklarni O’zbekistonga qaytarish, o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, o‘zbek ziyolilari va qahramonlari hayoti, faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar va kinofilmlarni yaratishda tashabbus ko‘rsatish, yoshlarni axborot xurujidan himoya qilish maqsadida kreativ axborot muhitini yaratish hamda O’zbekistonning ko‘p asrlik tarixiy yodgorliklarini jahonda targ‘ib qilish orqali turizmni keskin rivojlantirish vazifalari to‘liq aks ettirildi. Xususan, dasturda turistik faoliyat manzillarida, xalqaro aeroportlarda, vokzallarda ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yaxshilash, xorijiy va mahalliy turistlar uchun rasmiyatchilikni kamaytirish, xorijiy sayyohlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ular uchun avtomobil tashuv xizmatlari bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtirish, alohida qo‘riqlanadigan noyob tabiiy hududlarni kelib ko‘rish tartibini ko‘zda tutadigan turizmning faol turlarini, jumladan, ekoturizmni rivojlantirish masalalari muhim vazifa sifatida belgilangan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki yurtimizda to‘liq ishga solinmagan turizm xizmatlarini rivojlantirish va respublikamizni jahon turistik markazlaridan biriga aylantirish qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi bilan birga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga ham xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlarda xalqimizning tarixiy-madaniy merosi va madaniy yodgorliklari umumjahon ahamiyatiga molik ekanligini e’tirof etib, shaharlarimizning milliy qiyofasini saqlab qolishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, qayta ta’mirlashga ko‘maklashish Dasturdagi asosiy vazifalar ekanligiga urg‘u bermoqdalar. Binobarin, Saylovoldi dasturida aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish — ijtimoiy sohadagi ustuvor strategik maqsad sifatida belgilanganligi ta’kidlanmoqda.

Saylovoldi uchrashuvlarida alohida e’tibor qaratilganidek, ertamiz egalarining barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida Dasturda olis va yetib borish qiyin bo‘lgan joylardagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari uchun imtiyozli transport qatnovini ta’minlash vazifasi ilgari surilgani ahamiyatga molik.

Mamlakatimiz azal-azaldan o‘zining qo‘ligul hunarmandlari bilan dovruq qozongan. Bugungi kunda respublikamizning barcha hududida milliy qadriyatlarimizni namoyon etuvchi hunarmandchilikning bir qator turlari rivojlangan. Bu kabi milliy hunarmandchilik “Ustoz — shogird” an’analari asosida shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz davomchilari bo‘lgan hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Shundan kelib chiqqan holda, Sarvar Otamuratov Dasturida o‘zbek xalqining yuksak madaniyati va iste’dodini namoyish etadigan hamda estetik qimmatga ega bo‘lgan milliy hunarmandchilik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish, milliy badiiy maktablarning an’analarini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, Dasturda xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan moddiy boyliklarni O’zbekistonga qaytarish, oila, meros, uy-joy da’vosi va maishiy turmush manbaida tug‘iladigan nizolarni sudgacha hal etish tizimini rivojlantirish, turistik faoliyat manzillari, xalqaro aeroportlar hamda vokzallarda ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan Davlat dasturini qabul qilish, milliy axborot xavfsizligini ta’minlash kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.

Ma’lumki, shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida ishtirok etadigan yurtdoshlarimizning katta qismi yoshlar, shu jumladan, 555 ming nafardan ortiq yigit-qizlarimiz birinchi marta ovoz berishadi. Nomzodning Dasturida ilgari surilgan g‘oya va maqsadlarga ularning e’tiborini jalb qilishda internet imkoniyatlaridan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda “Uz” domenida 30 mingga yaqin veb-saytlar bo‘lib, ularning 360 dan ortig‘i internet ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Qolaversa, 13 million nafardan ortiq kishi internetning faol foydalanuvchilari hisoblanadi.

Shu sababli nomzodning saylovoldi tashviqotini olib borishda internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanilmoqda. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu partiyaning saylov kampaniyasini olib borish borasidagi tajribasida yangiliklardan biri bo‘lib, katta qiziqish va munosabatlarga sabab bo‘layapti.

Bugungi kunda bir qator internet nashrlari, avvalambor, partiyaning mt.uz, partiya matbuot nashrining milliytiklanish.uz hamda eng ko‘p foydalanuvchilar auditoriyasiga ega bo‘lgan bir qator ommabop yangiliklar saytlarida nomzodning Saylovoldi dasturi sodda va xalqchil, audio, video, foto lavhalar va infografikalar vositasida tashviqot qilinmoqda.

Bundan tashqari, partiya saylov shtabida Sarvar Otamuratov Dasturini aholi keng qatlamiga yetkazish, ular orasida tashviqot qilishda bugungi kunda internet va mobil ilovalarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan ham samarali foydalanilayotir. Jumladan, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Davra.uz” hamda “Telegram” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning maxsus sahifalari ochildi.

Partiya saylov shtabida saylovoldi tashviqotini ko‘rgazmali materiallar yordamida olib borishga ham alohida e’tibor qaratildi. Ko‘rgazmali tashviqot materiallarida Dasturdagi yo‘nalishlarni o‘zida aks ettirgan shiorlar bilan saylovchilarga murojaat etildi. “Milliy tiklanish, avvalambor, milliy o‘zlikni anglash demakdir!”, “Milliy manfaatlar va milliy qadriyatlarimiz himoyasi — bosh vazifamiz!”, “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q!”, “Barkamol avlod — millat tayanchi!”, “Biz ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yanada rivojlantirish tarafdorimiz!”, “Xalqning ma’naviy-ruhiy tiklanishi — iqtisodiy islohotlarning negizidir!”, “Farzandlari sog‘lom va barkamol yurt — qudratli bo‘lur!”, “Milliy manfaatlar har narsadan ustun!” kabi shiorlar shular jumlasidandir.

Shtabda Prezidentlikka nomzodning saylovoldi tashviqotiga qaratilgan besh turdagi 642 dona banner o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tayyorlanib, tezkor ravishda hududlarga tarqatildi. Bugun 3x6 m. hajmdagi ushbu bannerlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining aholi gavjum maskanlari, markaziy ko‘chalardagi tashqi reklama vositalarida joylashtirildi. Saylov shtabi ushbu tadbirlar bilangina cheklanib qolmasdan, mamlakatimizning barcha hududida partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod saylovoldi tashviqotini olib borish, dasturini saylovchilar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha ishlarni tizimli davom ettirmoqda.

Saylov kampaniyasi davrida O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodning tashviqotini yuqori saviyada olib borish, nomzod dasturida ilgari surilgan g‘oyalarni turli targ‘ibot materiallari orqali saylovchilarga yetkazishga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, nomzod Dasturining qisqacha mazmuni aks etgan buklet, ovoz berishga chaqiriq aks etgan flayer, cho‘ntak kalendari, stol taqvimi, xatcho‘p, poster hamda ko‘krak nishoni tayyorlandi.

Ta’kidlash kerakki, partiya Markaziy Kengashi va hududiy partiya tashkilotlarida tashkil etilgan saylov shtablari kerakli bo‘lgan barcha normativ-huquqiy hujjat hamda targ‘ibot materiallari bilan to‘liq ta’minlangan.

Partiya Markaziy Kengashida hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari uchun seminar-trening va davra suhbatlari tashkil etilib, har bir hududiy partiya tashkilotida tuzilgan saylov shtabida nomzodning tashviqoti bilan shug‘ullanuvchi guruhlar uchun yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, partiya Markaziy va hududiy tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan saylov shtablari mamlakatimizda saylov kampaniyasining muhim bosqichi hisoblangan saylovoldi tashviqotini ochiq va adolatli sharoitda, demokratik tamoyillar asosida o‘tkazishda qonunda belgilangan me’yorlarga to‘la amal qiladi.

O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi barcha saylovchilarni partiyadan nomzod Sarvar Otamuratovga ovoz berishga chaqiradi!

O’zMTDP axborot xizmati.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 6701