×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:12:14 (GMT +5), payshanba, 6 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - noyabr 2016

Demokratik saylovlarning muhim sharti

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida zamonaviy saylov tizimi yaratildi. Eng yuqori demokratik standartlarga javob beradigan mazkur tizim fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi huquqiy kafolatlarini ta’minlamoqda.

Demokratik saylov va referendumlarni o‘tkazish borasida to‘plangan tajriba, uning qiyosiy tahlili asosida saylov qonunchiligi hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilayapti.

Bunda 2010 yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan hamda parlament tomonidan qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi.

Konsepsiyani amalga oshirish doirasida 2012 yilda parlamentimiz “Saylov erkinligi yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qildi.

Qonun bilan saylov kampaniyasi jarayonida siyosiy partiyalar hamda nomzodlarga teng sharoit va imkoniyatlarni ta’minlash, fuqarolar saylov huquqlarining himoyasi, ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishining ishonchli kafolatlari, saylov komissiyalari faoliyati shaffofligi mexanizmlari mustahkamlab qo‘yildi. Amaliyotga saylovoldi tashviqotining yangi turlari, shakllari hamda usullari joriy qilindi. Xususan, Qonunda saylovoldi tashviqoti tushunchasi ochib berildi. Unga muvofiq, saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat saylovoldi tashviqoti hisoblanadi. Saylov kuni hamda ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu qoida saylovchilarga o‘z qarashlarini, siyosiy moyilligini aniqlab olish hamda siyosiy partiyalardan qaysi biriga ovoz berish uchun ongli qaror qabul qilishiga qo‘shimcha vaqt ajratish maqsadida joriy etildi. Bu ovoz berish kuni arafasida turli darajadagi suiiste’molliklar va huquqbuzarliklarning oldini oladi. Muddatidan oldin ovoz berishning qoidalari batafsil tartibga solingani esa mazkur jarayonning ochiqligini ta’minlash imkonini yaratayapti. Bundan tashqari, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Bu qoida qamoqda saqlash joylarida bo‘lgan, lekin hali sud hukmi chiqmagan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida 2014 yil 16 aprel kuni “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi Qonun imzolangani saylov tizimini demokratik huquqiy davlatni shakllantirishning asosi sifatida yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Jumladan, Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaning 117-moddasi oltinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirildi. Unga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga amal qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi.

Shunday qilib, Markaziy saylov komissiyasi konstitutsiyaviy organ maqomiga ega bo‘ldi.

Konstitutsiyaning ushbu yangi qoidalari “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida yanada rivojlantirildi. Mazkur tuzatishlar Markaziy saylov komissiyasini demokratik shakllantirish, faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilash, uning mustaqilligini, shu jumladan, moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, shuningdek, saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashga yo‘naltirilgan.

Ushbu qonunlarning hayotga tatbiq etilishi saylash erkinligini yanada to‘liqroq amalga oshirish, yurtimiz saylov tizimini izchil demokratlashtirishga xizmat qilib, saylovlarning ochiqligi va shaffofligi tamoyillarini mustahkamlamoqda.

2014 yilgi parlament hamda 2015 yilgi Prezident saylovlari buning yaqqol tasdig‘i bo‘ldi. Nufuzli xalqaro kuzatuvchilar, mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari mazkur huquqiy qoidalarning hayotiyligini, fuqarolarning yuksak siyosiy-huquqiy ongini, ularning mustaqil saylov tizimimizga bo‘lgan ishonchini alohida e’tirof etishdi.

Qayd etish kerakki, yurtimizdagi islohotlar tadrijiy xususiyatga ega bo‘lib, avvalambor, fuqarolarimizning ijtimoiy--siyosiy ongu tafakkuri muttasil o‘sayotganini inobatga olgan holda bosib o‘tilgan yo‘limizni, rivojlangan demokratik davlatlarning ilg‘or tajribasini chuqur tahlil qilish asosida olib borilmoqda.

Shu ma’noda aytganda, 2015 yil dekabr oyida saylovlarni o‘tkazishning avvalgi amaliyotini, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yangi qoidalar Prezidentlikka nomzodlarga saylov kampaniyasi paytida teng sharoit va imkoniyatlar yaratish mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning saylov huquqlarini va o‘z xohish-irodasini erkin bildirishini ishonchli ta’minlash, saylov komissiyalari faoliyatining shaffofligini oshirish, saylovoldi tashviqotining yangi turlari, shakllari va usullarini amaliyotga joriy qilishga qaratilgan.

Yuqorida zikr etilgan qonunlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalari a’zolari, vazirlik hamda idoralar ekspertlari, qolaversa, siyosiy partiyalar, O’zbekiston ekologik harakati, OAV, NNT va -fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillari ishtirokida keng muhokamadan o‘tkazildi. Respublikamizning barcha hududida ushbu mavzuda seminarlar, davra suhbatlari tashkil etildi, xalqaro konferensiyalar uyushtirildi. Ularda bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, atroflicha tahlil qilindi.

O’z navbatida, mazkur huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida dunyoning rivojlangan demokratik mamlakatlari — AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlarning ilg‘or tajribalari chuqur o‘rganib chiqildi. Ushbu yangiliklar xalqaro ekspertlarning, shu jumladan, Yevropa Kengashi Venetsiya komissiyasi hamda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Shuni komil ishonch bilan ta’kidlash joizki, O’zbekistonda mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirni o‘tkazishning umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarining amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydigan saylov qonunchiligi shakllantirilgan.

Egambergan RO’ZMYeTOV,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 5817