×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:06:28 (GMT +5), payshanba, 6 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - noyabr 2016

Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasining muhim bosqichi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida fuqarolarning saylov huquqini erkin amalga oshirishni ta’minlovchi mustahkam qonuniy asoslar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoida va prinsiplariga to‘la muvofiq ravishda shakllanib, takomillashib bormoqda.

Saylovlar — kuchli fuqarolik jamiyatiga ega bo‘lgan demokratik huquqiy davlatning ajralmas belgisi, xalq xohish-irodasining erkin ifodalanishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining asosiy shaklidir. Demokratik saylov tizimi orqali fuqarolar o‘zi munosib bilgan shaxslarni hokimiyat organlariga saylaydi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi hamda davlat boshqaruvini amalga oshirishda qatnashadi.

Ma’lumki, saylov jarayonining eng muhim va mas’uliyatli bosqichlaridan biri, bu — saylovoldi tashviqoti sanaladi. Chunki aynan ushbu bosqichda Prezidentlikka nomzodlar, deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar o‘zlarining kelgusi faoliyat dasturlari bilan saylovchilarni tanishtiradilar hamda ushbu jarayonning naqadar faol va samarali tashkil etilganidan kelib chiqib, tegishli ovozlarga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, saylov jarayoni ishtirokchilarining, ayniqsa, Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti borasida qonunlarda belgilangan huquq va majburiyatlardan yaxshi xabardor bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Saylov jarayoni saylov kampaniyasini e’lon qilish, saylov komissiyalarini tuzish, nomzodlar ko‘rsatish va ularni ro‘yxatga olish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish, saylovni o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish bilan bog‘liq bir qator bosqichlardan iborat bo‘lib, bunda saylovoldi tashviqoti muhim o‘rin tutadi.

Saylovoldi tashviqoti, birinchidan, nomzodlarning shaxsi, bilimi va salohiyatini saylovchilar oldida to‘la namoyon qilishga, ikkinchidan, saylovchilarni nomzodlar dasturlarining asosiy yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishtirishga, uchinchidan, saylovchilarni nomzod uchun ovoz berishga ishontirishga qaratilgan muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham demokratik davlatlarda, shu jumladan, mamlakatimizda ham saylovlar jarayonida saylovoldi tashviqoti bosqichiga alohida e’tibor beriladi.

O’zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligida saylovoldi tashviqoti bilan bog‘liq huquqiy asoslar mustahkamlangan bo‘lib, ular mazkur tadbirning teng, adolatli, ochiq va oshkoralik asosida olib borilishini to‘la kafolatlaydi.

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarida saylovoldi tashviqotini amalga oshirishga doir qoida-talablar mustahkamlangan.

Saylovoldi tashviqotiga oid qoidalarni belgilashda “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun muhim ahamiyatga ega. Ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq, saylovchilar umumxalq ovoziga qo‘yilgan qarorlarni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoki hokimiyatning vakillik organlariga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoqlab yoki ularga qarshi tashviqot yuritish huquqiga egadirlar.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, 2015 yil 29 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu o‘zgartishlar saylovoldi tashviqotining mohiyati va ahamiyati, turlari, shakllarini keng yoritib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borishda huquqiy kafolatlarini yanada kuchaytirdi.

Masalan, ushbu Qonunning 28-moddasiga muvofiq, saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Saylovoldi tashviqoti O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek, pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.

Saylovoldi tashviqotining maqsadi — saylovda ishtirok etayotgan nomzodning bilim va salohiyati, saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish orqali saylovchilarning ishonchini qozonish va ma’lum bir nomzodga ovoz berishga da’vat etishdan iborat. Shuni ta’kidlash joizki, saylovoldi tashviqoti nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish yo‘lidagi o‘ziga xos siyosiy maydon hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligining asosiy vazifasi siyosiy kurashning adolatli, xolisona, ochiq va oshkora olib borilishi uchun nomzodlarga teng imkoniyat va kafolatlarni yaratish orqali siyosiy plyuralizm, ya’ni fikrlar erkinligi va xilmaxilligi asosidagi sog‘lom raqobatni ta’minlashdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovdagi muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omillardan biri, bu — saylovoldi tashviqotini olib borishning to‘g‘ri usullarini tanlay bilish. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 281-moddasida saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, saylovoldi tashviqoti Prezidentlikka nomzodning dasturi, saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish, nomzod to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish, omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, so‘zga chiqishlar, saylovchilarning yig‘ilishlari, nomzod to‘g‘risidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari, bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish tarzida amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.

Saylovoldi tashviqotini olib borishda ommaviy axborot vositalari nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Shu bois qonunchilikda bu borada Prezidentlik va deputatlikka nomzodlar hamda siyosiy partiyalarga teng sharoitlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 282-moddasida, saylovoldi tashviqoti ommaviy axborot vositalari orqali olib borilishi kafolatlangan. Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda Prezidentlikka nomzodlarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi. Nomzodlarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni, nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar nomzodlar uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.

Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bo‘lishi, Prezidentlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek, nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ko‘rinib turibdiki, milliy qonunchiligimizda saylov kampaniyasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan saylovoldi tashviqotini o‘tkazish bilan bog‘liq yetarli shart-sharoit va imkoniyatlar belgilangan. Ushbu qoida-talablar saylovoldi tashviqotini olib borish borasidagi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoida va tamoyillariga mos keladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, deputatlikka nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovoldi dasturlarining mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish, saylovchilar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazish orqali tanishtirishda teng huquqlar yaratilgan. Ushbu huquqiy kafolatlar, nomzodlar va siyosiy partiyalarga o‘z dasturlarini keng targ‘ib qilish imkonini beradi.

Mamlakatimizda saylovoldi tashviqoti yuritishga oid qonun normalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoida va talablari, rivojlangan demokratik davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribasi va xalqimizning milliy mentalitetini hisobga olgan holda shakllantirilgan bo‘lib, fuqarolarga davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali erkin hamda ixtiyoriy ishtirok etish uchun teng sharoitlarni kafolatlaydi.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 6429