×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:39:11 (GMT +5), chorshanba, 5 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


25 - oktabr 2016

Saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish — dolzarb vazifa

Avval xabar qilinganidek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Muxbirimiz Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Komiljon Adilov bilan mazkur dasturning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida suhbatlashdi.

— Saylovlar fuqarolarning jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining asosiy shakli, ularning siyosiy huquqlarini ro‘yobga chiqarishi, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalashini ta’minlaydigan muhim siyosiy tadbirdir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov — demokratiya degani. Demokratiya, bu — saylov degani. Binobarin, saylov jarayonida xilma-xil fikrlar, odamlarning xohish-irodasi, orzu-umidlari, ijtimoiy kayfiyati yaqqol namoyon bo‘ladi, — deydi K. Adilov. — Mazkur siyosiy tadbirni Konstitutsiya hamda qonunlarimiz, umume’tirof etilgan xalqaro demokratik standartlar asosida o‘tkazish ko‘p jihatdan fuqarolarimizning siyosiy madaniyati va faolligi, grajdanlik burchini chuqur anglashiga bog‘liq. Saylovchilar jamiyatimizda kechayotgan demokratik islohotlardan keng xabardor bo‘lgan, bu jarayonga ongli ravishda yondashgan, o‘z ovozi jamiyat hamda davlat hayoti, mamlakatimizning kelajagi uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglab yetgan taqdirdagina saylovlardan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi o‘zida ayni shu masalalar bo‘yicha keng qamrovli vazifalarni aks ettirishi bilan muhim amaliy ahamiyatga ega hujjat hisoblanadi.

— Dasturni ishlab chiqishda qaysi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi?

— Avvalo, Markaziy saylov komissiyasi faoliyati saylov tizimining demokratik prinsiplarini amalga oshirishga ko‘maklashish, saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish imkoniyatini ta’minlashga yo‘naltirilganini qayd etish zarur. Bunday faoliyat samaradorligi, shubhasiz, saylovchilarning elektoral faolligi hamda huquqiy madaniyatiga chambarchas bog‘liqdir.

Dastur “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 9 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, mazkur hujjat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Respublika baynalmilal madaniyat markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hamda davlat organlarining takliflari asosida tayyorlandi.

Dasturga muvofiq, aholining keng qatlamlari o‘rtasida istiqlol yillarida yaratilgan milliy saylov tizimi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun, unga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining saylov masalalarini tartibga soluvchi qarorlari mazmun-mohiyati hamda saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklarini keng tushuntirish bo‘yicha aniq ishlar olib boriladi.

— Targ‘ibot tadbirlariga, asosan, kimlar qamrab olinayapti?

— Yuqorida aytib o‘tganimdek, tadbirlar aholining keng qatlami, xususan, xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa, birinchi marta ovoz beradigan fuqarolar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan shaxslar, harbiy xizmatchilar, mehnat jamoalari, qamoqda saqlash joylarida vaqtincha saqlanayotgan shaxslar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishga yo‘naltirilgan. Umuman, bu keng qamrovli sa’y-harakatlar saylovchilarning barcha qatlamini qamrab olib, ularning saylovda faolligini oshirish, siyosiy bilim hamda ongini yanada yuksaltirish imkonini beradi, deb o‘ylaymiz.

— Dasturda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qanday amaliy mexanizmlar, zamonaviy vositalardan foydalanish rejalashtirilgan?

— Targ‘ibot tadbirlari davra suhbati, seminar, uchrashuv, bevosita muloqot, konferensiya, treninglar shaklida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida maqolalar e’lon qilish, eshittirish va ko‘rsatuvlar tayyorlash, turli risola, flayer hamda boshqa targ‘ibot materiallarini tayyorlash orqali amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor targ‘ibotning samarali texnologiyalaridan unumli foydalanishga qaratilayotganini aytib o‘tish joiz. Masalan, yoshlarning saylov madaniyati darajasini hamda elektoral faolligini yanada yuksaltirish uchun “Mening ovozim — Vatanim kelajagi” aksiyasini o‘tkazish ko‘zda tutilayapti. Bundan tashqari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan saylovchilarning bevosita yashash va ishlash joylarida saylovlarda ovoz berish qoidalarini tushuntirishga xizmat qiladigan uchrashuv, suhbat, ma’ruza, savol-javoblar hamda boshqa tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman”, “Bizning oilamizda har birimiz o‘z ovozimizga egamiz”, “Biz tanlash huquqiga egamiz”, “Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz?” deb nomlangan aksiyalar ham shular jumlasidandir.

— Ommaviy axborot vositalarining bu jarayondagi ishtiroki haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

— Saylov kampaniyasini ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida olib borish, qolaversa, saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Chunki saylov kampaniyasining barcha bosqichidan xabardor bo‘lgan, saylovning ahamiyati, nomzodlar dasturlarining mazmun-mohiyati, o‘z saylov huquqlari haqida yetarli ma’lumot va tushunchaga ega bo‘lgan fuqaro ovoz berishga ongli ravishda yondashadi, qonun talablarini buzmaydi, fuqarolik nazoratini amalga oshiradi. Shu nuqtai nazardan, dasturda aholining saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha savodxonligini oshirish, saylovga oid mavzularni keng yoritish yuzasidan bosma nashrlar, televideniye va radio imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ham aniq vazifalar ko‘zda tutilgan. Bu borada Markaziy saylov komissiyasi bilan mamlakatimizning yetakchi ommaviy axborot vositalari o‘rtasida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish to‘g‘risida imzolangan bitimlar qo‘l keladi, albatta.

Dasturda belgilangan vazifalarni hayotga izchil tatbiq etish fuqarolarning huquqiy ongi, siyosiy bilimi va faolligini yanada oshirish, pirovardida jamiyatimizda saylov madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 7606