×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:14:54 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - oktabr 2016

Markaziy saylov komissiyasining mustaqilligi — adolatli va demokratik saylovlarning kafolati

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, demokratik davlat barpo etish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashning muhim vositalaridan biri ularning davlat hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etishini kafolatlashdan iboratdir.

Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda bevosita va o‘z vakillari orqali qatnashish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo‘yilgan. Fuqarolar tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri, bu — saylovlar.

Yurtimizning oliy vakillik organi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va o‘tkazish vakolati Markaziy saylov komissiyasiga berilgan. Shuni alohida qayd etish kerakki, Markaziy saylov komissiyasi doimiy tarzda faoliyat olib boradigan hamda konstitutsiyaviy maqomga ega mustaqil organ bo‘lib, o‘z faoliyatini mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Markaziy saylov komissiyasi konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lishi davlat hokimiyatining boshqa organlari hech qanday aralashuvlarisiz saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishni ta’minlashga xizmat qiladi. Vaholonki, aksariyat rivojlangan demokratik mamlakatlar konstitutsiyalarida ham saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan organlar hamda ularni tashkil qilish tartibi haqida maxsus qoidalar uchramaydi. Shularning o‘ziyoq yurtimizda saylovlarni demokratik, ochiq va oshkora tarzda o‘tkazish hamda unda qonuniylikni har tomonlama ta’minlashning kafolatlari mavjudligini ko‘rsatadi.

Qonunchiligimizda Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining ijro hokimiyati ishtiroki va ta’sirisiz saylanishining o‘ziga xos noyob demokratik tartibi o‘rnatilgan. Masalan, birinchi bosqichda Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga har bir nomzod Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida har tomonlama muhokamadan o‘tadi hamda saylash uchun parlamentga tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichda esa mahalliy Kengashlar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga a’zolikka saylanish uchun tavsiya qilingan nomzodlar tegishli ravishda Qonunchilik palatasi va Senatning majlislarida alohida muhokamadan o‘tadi hamda saylanadi. Har ikki bosqichda ham fuqarolarning bilvosita ishtiroki ta’minlangani, ularda siyosiy partiyalar, aholi keng qatlami manfaatlari o‘z ifodasini topganini ko‘rish mumkin.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi bo‘yicha saylanadi. Shuningdek, komissiyaning majlisida Markaziy saylov komissiyasi a’zolari orasidan komissiya Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi saylanadi. Bular ham Markaziy saylov komissiyasi mustaqilligini ta’minlaydigan qo‘shimcha huquqiy kafolat hisoblanadi.

Qiyoslab aytganda, aksariyat davlatlarda saylovlarni tashkillashtiruvchi hamda o‘tkazuvchi yagona, markazlashgan organlar tizimi mavjud emas va saylovni tashkil qilish funksiyasi ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukumat zimmasiga yuklatilgan. Misol uchun, Fransiya, Avstriya hamda Germaniyada saylovlarni tashkil qilish bilan Ichki ishlar vazirligi, Daniyada Ichki va ijtimoiy ishlar vazirligi, Finlyandiyada Adliya vazirligi, Braziliyada esa Oliy saylov sudi shug‘ullanadi. Shularning o‘ziyoq saylov qonunchiligimiz, saylov tizimimiz demokratiya prinsiplariga yuqori darajada mosligidan dalolat beradi.

E’tiborli jihati, bugun buni bizning siyosiy tizim bilan yaxshi tanish bo‘lgan ekspertlar butun dunyoda e’tirof etishmoqda.

Qonunchilikda ushbu normalarning belgilab qo‘yilgani ham Markaziy saylov komissiyasining mustaqilligini ko‘rsatadi. “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 2ˡ-moddasiga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari qaror qabul qilishda siyosiy moyillar va boshqa yot ta’sirlardan xoli bo‘lgan o‘z nuqtai nazarini bildiradi. Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Markaziy saylov komissiyasining mustaqilligini ta’minlovchi jihatlardan yana biri, bu — uning a’zolariga qo‘yilgan talablardir. Xususan, 25 yoshga to‘lgan, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovni, referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan va kamida oxirgi besh yilda mamlakatimiz hududida doimiy yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Markaziy saylov komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin. Komissiya a’zosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishi mumkin emas. Yana bir muhim jihati shuki, Komissiyada doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi a’zo ilmiy hamda pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa har qanday pul to‘lanadigan lavozimlarda ishlashi mumkin emasligi belgilab qo‘yilganidir. Bu ham komissiya a’zosining mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonunda yana bir norma mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senat a’zoligiga nomzod etib, ishonchli vakil sifatida ro‘yxatga olingan a’zosi Komissiya tarkibidan chiqib ketgan, deb hisoblanadi. Mazkur normadan ko‘rinib turibdiki, shaxsning nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishining o‘zi uning Komissiya tarkibidan chiqishiga olib keladi. Bundan ko‘zlangan maqsad — Komissiya a’zosining nomzod sifatida o‘z qarashlari va fikrlari bilan Komissiya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishining oldini olish hamda uning mustaqilligiga putur yetishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

Markaziy saylov komissiyasi mustaqilligini belgilovchi muhim omillardan yana biri uning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, qarorlarini ijro etmaslik uchun ma’muriy javobgarlikning ko‘zda tutilganidir. Bu normalar Markaziy saylov komissiyasining o‘z faoliyatini tashqi ta’sirlardan xoli ravishda olib borishi, fuqarolarning saylov huquqlarini samarali ta’minlash yo‘lidagi faoliyatini kuchaytirishiga zamin yaratadi.

Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining mustaqilligi saylovlarni adolatli tashkil qilish va o‘tkazishning muhim shartidir. Shu bois milliy qonunchiligimizda Komissiya faoliyatini davlat hokimiyati organlari, siyosiy partiyalar, guruhlar, jamoat birlashmalarining har qanday aralashuvidan himoya qiladigan qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan. Bu esa saylovlarning qonun doirasida adolatli hamda demokratik tarzda o‘tishini kafolatlaydi.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Просмотров: 6844