×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:22:39 (GMT +5), chorshanba, 5 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - oktabr 2016

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 1995-yil 18-fevralda partiyaning birinchi Ta’sis Qurultoyida tashkil topgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston “Adolat” SDP o‘z safida 135 mingdan ortiq a’zoni birlashtirgan 3700 dan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadi:

– demokratik, huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hamda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish.

Partiyaning vazifalari:

– O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash borasida demokratik jarayonlarni jadallashtirish;

– O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat barpo etish borasida Vatanga sadoqatli xizmat qiladigan insonlarni tarbiyalash;

– O‘zbekiston fuqarolariga o‘z qonuniy huquqlari, erk va burchlarini anglashga ko‘maklashish, ularning siyosiy ongi, madaniyatining rivoji uchun kurashish;

– o‘zbek xalqining milliy an’analariga tayangan holda milliy qadriyatlarni tiklash, boy madaniy merosimizni o‘rganish asosida yosh avlodni tarbiyalash;

– millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirish, har qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi kurash olib borish, dinlararo bag‘rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni targ‘ib qilish;

– davlat ijroiya tizimini takomillashtirish, davlat hokimiyati organlarida iymonli, pok, o‘z Vatani, xalqini sevadigan va el-yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan rahbar va mutaxassis kadrlarning ishlashiga erishish;

– respublika fuqarolarining turmush darajasini ko‘tarish, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining muhofazasini ta’minlash borasida takliflar ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

– O‘zbekistonning jahon miqyosida o‘z o‘rnini egallashi, dunyodagi ilg‘or davlatlar bilan xalqaro huquq talablari asosida o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish uchun faoliyat ko‘rsatish, milliy manfaatlariga mos keladigan tashqi siyosatni qo‘llab-quvvatlash;

– Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining saylanadigan lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish, qayd etilgan saylovlarda ishtirok etish, shuningdek, saylangan organlarda faoliyat ko‘rsatish;

– malakali mutaxassislar, budjet sohalari xodimlari, pedagoglar, shifokorlar, muhandis-texnik va ilm-fan vakillari, xizmat ko‘rsatish sohalari mehnatkashlari manfaatlarini himoya qilish.

Partiya faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti negizida fuqarolik jamiyatini qurish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga aholining barcha qatlamlarini jalb etish, hokimiyatning vakillik organlari orqali davlat boshqaruvida ishtirok etish, fuqarolarning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, mamlakat hayotining muhim masalalari yuzasidan o‘z tarafdorlarining fikr va mulohazalarini yuzaga chiqarish va bu masalalar bo‘yicha partiya pozitsiyasini keng jamoatchilikka va barcha pog‘onadagi davlat hokimiyat organlariga yetkazishga qaratilgan.

Partiya o‘zining g‘oyalariga sadoqatli hamda saylovchilar ishonchini qozongan nomzodlarni davlat hokimiyatining vakillik va ijro organlariga ilgari suradi.

Partiyaning oliy organi Qurultoy hisoblanadi. Siyosiy Kengash Plenumlari har yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi.

“Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashri hisoblanadi, gazeta 1995-yil 22-fevralda tashkil etilgan.

Partiyaning rasmiy veb-sayti va elektron manzili: http://adolat.uz/, info@adolat.uz.



Просмотров: 8496