×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:02:13 (GMT +5), payshanba, 6 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - oktabr 2016

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi – O‘zbekiston XDP) 1991-yil 1-noyabrdagi partiyaning Ta’sis qurultoyida asos solindi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ushbu saylovlarga o‘z safida 424.5 mingdan ziyod a’zolari bilan bormoqda. Partiya a’zolarini bevosita birlashtiradigan 9955 ta boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatyapti.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

– O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bular – iqtisodiyotda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlar; doimiy ish joyi va muqim maoshga ega bo‘lmagan aholi qatlami, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, pensionerlar hamda imkoniyatlari cheklangan kishilar.

O‘zbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko‘zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni o‘zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo‘llab-quvvatlashiga umid bog‘laydi;

– katta hayotga kirib kelayotgan yoshlarning kasb-hunar tanlashi, ta’lim olishi va o‘qishni bitirganidan keyin ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun adolatli, barcha uchun teng hamda ijtimoiy ochiq shart-sharoitlar yaratish; pensionerlar, mehnatga layoqatsiz nogironlar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga kafolat beradigan pensiya ta’minoti va ijtimoiy nafaqalar tizimini shakllantirish;

– xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining hududiy ish o‘rinlari yaratish hamda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga moslashtirilgan xizmat va tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash borasidagi tashabbuslarini yanada rivojlantirish; shu o‘rinda mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud resurs hamda talab asosida xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari:

– o‘zbek tilida chop etiladigan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi;

– rus tilida chop etiladigan “Golos Uzbekistana” haftaligi.

Partiyaning rasmiy veb-sayti va elektron pochtasi: http://www.xdp.uz/uz/, info@xdp.uz. 



Просмотров: 6495