×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:07:51 (GMT +5), payshanba, 6 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - oktabr 2016

“Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” (O‘zLiDeP)

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003-yil 15-noyabrda bo‘lib o‘tgan Ta’sis syezdida tashkil topgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z safida 310 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan, 10282 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga ega bo‘lgan yetakchi siyosiy kuch sifatida saylovlarga kirib bormoqda.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

Birinchi maqsad. Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash. Shu ijtimoiy toifa nomidan O‘zbekistonning siyosiy sahnasiga chiqish va o‘zining munosib o‘rnini egallash.

Ikkinchi maqsad. Mamlakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan dasturni Konstitutsiya tamoyillariga suyanib, boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish uchun partiyaning kuch va imkoniyatlarini safarbar etish.

O‘zbekiston tanlagan ochiq, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojiga keng yo‘l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalq, avvalo yoshlar ongi va hayotiga singdirish.

Uchinchi maqsad. Davlatni boshqarish, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, ijtimoiy muammolarni hal etishda ko‘maklashish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish.

Yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat, o‘z elim, o‘z yurtim, jon O‘zbekistonim deb g‘ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo‘lini, qadriyatlar, milliy va diniy an’analar va urf-odatlarni qadrlash barobarida, barcha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, bunday xurujlarga qarshi kurash olib borish.

To‘rtinchi maqsad. Partiyaning siyosiy platformasi – liberal-demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o‘ylangan tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish, o‘z safini kengaytirish. Shu g‘oyalarni hayotga tatbiq qilishda fidoyilik ko‘rsatgan faollarni deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish va saylovchilar ishonchini qozongan o‘z deputatlari zimmasiga davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarida vakillik vazifasini yuklash hamda ularning faoliyatini boshqarish.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining syezdi partiya oliy organi hisoblanadi va u 5 yilda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.

O‘zLiDePning markaziy nashri – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi.

Partiyaning rasmiy veb-sayti va elektron pochtasi: http://www.uzlidep.uz/uz, uzlidepinform@mail.ru, uzlidep@uzlidep.uz.



Просмотров: 7405