×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:13:37 (GMT +5), payshanba, 6 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - oktabr 2016

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

2008-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va O‘zbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi bo‘lib o‘tib, ikki partiya negizida yangi O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashkil topdi.

Bugungi kunda partiya a’zolar soni 190 mingga yaqinni tashkil etadi. O‘zMTDP 5578 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. Partiya huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fan-texnika taraqqiyotini va O‘zbekistonning globallashib borayotgan jahonda munosib o‘rin egallashini ta’minlashni yoqlaydi. U biz faxrlanadigan milliy an’analar va qadriyatlarimizni saqlab qolish tarafdorlari bo‘lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunday shaxslar – partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir. Partiya mustaqillik yillarida boshlangan milliy qadriyatlarni tiklash, o‘zlikni anglash, milliy g‘oyalarni shakllantirish va milliy mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqning ma’naviy hayotida diniy an’analarni tiklash kabi xayrli ishlarni izchil, bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom ettirish tarafdoridir. Ushbu ishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, uning samaradorligini oshirish zarur.

“Maqsadimiz – O‘zbekiston fuqarosi ongida o‘z mamlakatining tarixiy o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash va mustahkamlash!” – yangilangan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy siyosiy shiori hisoblanadi.

Davlatning yangi xalqaro sharoitlarda va geosiyosiy voqelikda milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish yuzasidan amaliy qadamlarining taktik va strategik maqsadlari va vazifalari zamirida milliy tiklanish va rivojlanishning umumiy mafkurasi va keng qamrovli dasturi mavjudligi – bizning muqaddas orzumiz va strategiyamiz bo‘lgan - yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi – umummilliy g‘oyasi atrofida jamiyatimizni birlashtirishga asoslangan yo‘lini O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O‘zMTDP) qo‘llab-quvvatlaydi.

Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo‘lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.

Partiyaning matbuot nashri: "Milliy tiklanish" ijtimoiy-siyosiy gazetasi.

O‘zMTDP rasmiy veb-sayti va elektron pochtasi: http://www.mt.uz/uz, info@mt.uz.



Просмотров: 8430