×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:16:34 (GMT +5), juma, 2 - oktabr 2020
Ovoz berishni o‘chirish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


17 - sentabr 2016

Partiyalarning plenumlari bo‘lib o‘tmoqda

2016-yil 16-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Plenumda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ishtiroki, Prezidentlikka partiyadan nomzod ko‘rsatish hamda partiyaning navbatdagi Syezdini chaqirishga oid masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustavida partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda Plenumda partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod ko‘rsatish taklifi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Sarvar Sa’dullaevich Otamuratov nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Saylov qonunchiligiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga partiya tomonidan nomzod ko‘rsatish partiyaning oliy organi – Syezdi tomonidan amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib, Plenumda joriy yil 15-oktabr kuni partiyaning navbatdagi V Syezdini chaqirish va bu masalani Syezd muhokamasiga qo‘yishga kelishib olindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga asosan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishiga ijozat olish uchun partiya tomonidan tegishli hujjatlar Markaziy saylov komissiyasiga takdim etiladi.

* * *

Shu yil 16-sentabr kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida majlis ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, hurmat bajo keltirdi.

Majlisda 2016-yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zLiDePning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu jarayonda partiyaning faol ishtirok etishi alohida ta’kidlandi.

Majlis ishtirokchilari mazkur saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining nomzodi haqidagi masalani ham atroflicha muhokama qildilar. Joylardagi saylovchilar va elektorat xohish-irodasidan kelib chiqib, partiyaning navbatdagi VIII Syezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish taklifi yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 242-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshirilishini inobatga olib, majlis qatnashchilari tomonidan partiyaning navbatdagi Syezdini 2016-yil 14-oktabrda o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi, shuningdek, mamlakatimiz saylov qonunchiligida belgilangan muddatlarda Markaziy saylov komissiyasiga partiyaning saylovlardagi ishtiroki bilan bog‘liq hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim qilish, joylarda ushbu muhim tadbirga tayyorgarlik borasida partiya viloyat, tuman va shahar kengashlari konferensiyalarini o‘tkazish va boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qildi.



Muallif: O'zA
Просмотров: 9839