×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:08:09 (GMT +5), chorshanba, 24 - yanvar 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Akkreditasiya

Xorijiy jurnalistlarni akkreditasiyadan o`tkazish tartibi

O’zbekiston Respublikasida akkreditasiya qilingan muxbirlarning huquqiy maqomi va kasb faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Asosiy qoidalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalari bilan tartibga solinadi.

O’zbekiston Respublikasida xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o’tkazish va muxbirlik punktlarini ochish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalarni tasdiqlash to’g’risida» 2006 yil 24 fevraldagi 33-son qaroriga muvofiq amalga ashiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining quyidagi hujjatlar asosida qabul qilgan qarori xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktini ochish uchun asos hisoblanadi:

  • manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasi rahbariyatining O’zbekiston Respublikasida muxbirlik punkti ochish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati;
  • manfaatdor ommaviy axborot vositasi to’g’risida ma’lumotnoma-axborot;
  • O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining O’zbekiston Respublikasida muxbirlik punkti ochilishining maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi.

Ko’rsatib o’tilgan hujjatlardan dastlabki ikkitasi O’zbekistonning chet eldagi diplomatik yoki konsullik muassasalari orqali beriladi yoxud bevosita O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining quyidagi hujjatlar asosida qabul qilgan qarori xorijiy davlat ommaviy axborot vositalarining vakillarini doimiy xorijiy muxbir sifatida akkreditasiya qilish uchun asos hisoblanadi:

manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasi rahbariyatining O’zbekiston Respublikasida o’z muxbirini akkreditasiya qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • manfaatdor ommaviy axborot vositasi to’g’risida ma’lumotnoma-axborot;
  • akkreditasiya qilinadigan xorijiy muxbirning tarjimai holi ma’lumotlari va tegishli namunadagi to’rtta fotosurati.

Murojaat xati O’zbekistonning chet eldagi diplomatik yoki konsullik muassasalari orqali beriladi yoxud bevosita O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

Doimiy xorijiy muxbirni akkreditasiya qilish to’g’risidagi qaror tegishli murojaatnoma olingan kundan boshlab ikki oydan ko’p bo’lmagan muddatda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Akkreditasiya qilingan muxbir O’zbekiston Respublikasiga kelgach, unga O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi doimiy xorijiy muxbir sifatida akkreditasiya qilinganligi to’g’risida 2 yil muddatgacha amal qiladigan guvohnoma beradi.

Vaqtinchalik xorijiy muxbirni akkreditasiya qilish to’g’risidagi qaror O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga xorijiy davlatning tegishli ommaviy axborot vositasi rahbariyatining yozma murojaatnomasi taqdim etilgandan keyin ikki haftadan kechikmay O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Ijobiy qaror qabul qilingach O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditasiya qilingan muxbirga vaqtinchalik xorijiy muxbir sifatida akkreditasiya qilinganligi to’g’risida olti oygacha amal qilish muddati bilan guvohnoma beradi.

Xorijiy muxbirlarga kelish vizalari O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ularni doimiy yoki vaqtinchalik xorijiy muxbirlar sifatida akkreditasiya qilishga roziligiga ko’ra beriladi.

Akkreditasiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlarga manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasining murojaatnomasi asosida, konsullik va boshqa yig’imlarni undirmasdan, akkreditasiya muddatiga ko’p martalik vizalar rasmiylashtiriladi. Ko’p martalik vizalar O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko’rsatmasiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan, O’zbekiston Respublikasi hududida esa — O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muxbirni akkreditasiya qilishni O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki ushbu Asosiy qoidalar asosida rad etishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bunday qarorning sabablari to’g’risida xorijiy muxbirni xabardor qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muxbirlar tomonidan «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida», «Jurnalisik faoliyatini himoya qilish to’g’risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo’lishlari va tranzit o’tishlari tartibi to’g’risida» 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori, mazkur Asosiy qoidalar yoki ommaviy axborot vositalari sohasidagi boshqa qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ogohlantirishi yoki uning akkreditasiyasini muddatidan oldin to’xtatishi, yoki kirish vizasini bekor qilishi, shuningdek respublikadan chiqarib yuborishgacha ta’sir ko’rsatish ma’muriy choralarini ko’rishi mumkin.

Akkreditasiya qilingan xorijiy muxbirlarga mavjud konstitusiyaviy tuzumni zo’ravonlik bilan o’zgartirishga, O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzishga da’vat etish, urush va zo’ravonlikni, shafqatsizlik, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qilish taqiqlanadi, shuningdek O’zbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashish, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, ularning shaxsiy hayotiga aralashish va qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etish taqiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan xorijiy muxbirlar va ularning oila a’zolari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditasiya olmagan xorijiy muxbirlarning O’zbekiston Respublikasi hududidagi kasb faoliyati taqiqlanadi va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.

Xorijiy muxbirlar sifatida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditasiya qilingan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktlarining texnik xodimlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bildirishnomasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida belgilangan tartibda hisobga turadilar, o’z daromadlari to’g’risida deklarasiya to’ldiradilar va soliq organlariga jurnalistik faoliyatidan olinadigan daromadlar soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish va to’lash bilan bog’liq bank hujjatlari va ma’lumotlarni topshiradilar. Soliq haqidagi qonunlar buzganligi uchun ko’rsatib o’tilgan shaxslar va ularning ish beruvchilari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditasiya olmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari sifatidagi kasb faoliyati taqiqlanadi va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.

Akkreditasiya qilingan xorijiy muxbirlar O’zbekiston Respublikasi hududida erkin yurish huquqiga ega, borish uchun yopiq bo’lgan yoki maxsus ruxsatnomani talab etadigan joylar bundan mustasno. Xorijiy muxbir O’zbekiston Respublikasi hududida yurishda akkreditasiya to’g’risidagi guvohnomani o’zi bilan olib yurishi shart.

Akkreditasiya qilingan muxbirlik punktlari va xorijiy muxbirlar O’zbekistan Respublikasi fuqarolarini Diplomatik servis xizmati orqali texnik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sifatida ishga yollashi mumkin.

Akkreditasiya qilingan xorijiy muxbirlik punkti va xorijiy muxbir texnik xodimlarining va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarining jurnalistik faoliyat bilan shug’ullanishi taqiqlanadi.