×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:15:41 (GMT +5), seshanba, 15 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Islom hamkorlik tashkiloti



  • ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI

    Islom hamkorlik tashkiloti (IHT, 2011-yilning iyunigacha - Islom Konferensiyasi Tashkiloti) 1969-yil 25-sentabrda Rabot shahrida (Morokash) bo‘lib o‘tgan 25 ta islom davlatlari sammitida islom dunyosi manfaatlarini himoya qilishda kuchlarni birlashtirish, islom davlatlarining har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratish hamda turli xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlikning qaror topishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil qilindi.

    Hozirgi kunda IHT islom dunyosining 57 mamlakatini birlashtiradi va xalqaro tashkilotlar orasida kattaligi jihatidan ikkinchi hisoblanadi (BMTdan keyin).

    Rossiya Federatsiyasi, Bosniya va Gertsegovina, Tailand Qirolligi, Markaziy Afrika Respublikasi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi IHTning kuzatuvchi davlatlaridir. Qo‘shilmaslik harakati, Arab davlatlari ligasi, Afrika ittifoqi va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ham IHTda kuzatuvchi maqomiga egadir.

    1976-yil IHT BMT huzurida kuzatuvchi tashkilot maqomiga ega bo‘ldi.

    IHTning Oliy organi – Islom sammiti. Uch yilda bir marotaba chaqiriladi. 13-sammit 2015-yil 14-15-aprel kunlarida Istanbul shahrida bo‘lib o‘tdi.

    IHTning ikkinchi ahamiyatli organi – Tashqi ishlar vazirlari Islom konferentsiyasi (analogi Tashqi ishlar vazirlari kengashi). Har yili a’zo mamlakatlarning birida chaqiriladi. IHT Tashqi ishlar vazirlari konferentsiyasining 42-sessiyasi 2015-yilning 27-28-mayida Al-Quvayt shahrida bo‘lib o‘tgan. Galdagi 43-sessiyasi 2016-yil 18-19-oktabr unlari Toshkent shahrida (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tadi.

    IHT kundalik faoliyatiga rahbarlikni Bosh kotib boshchiligidagi Jidda shahrida joylashgan Bosh kotibiyat amalga oshiradi. Bosh kotib 5 yil muddatga saylanadi Hozirgi Bosh kotib – Iyad Amin Madani Janobi Oliylari (Saudiya Arabistoni Podshohligi), 2013-yil 2-7-fevral Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan IHTning12-sammiti chog‘ida saylanib, o‘z vazifasini bajarishga 2014-yilning 1-yanvarida kirishgan.

    IHT xalqaro huquqning subyekti hisoblanadi. Tashkilot doirasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.

    Favqulodda zarur masalalarni ko‘rib chiqish uchun qiyidagi a’zolardan tashkil topganIjroiya qo‘mitasid tuziladi:

    -IHT sammitlarining uchligi (avvalgi, hozirgi va keyingi sammitlarga raislik qilgan davlatlar tashqi ishlar vazirlari). Hozirgi kunda Misr (2013-yil), Turkiya (2016-yil) va Gambiyadan iborat (2019-yil);

    -IHTning TIV Kengashi uchligi (TIVK avvalgi, hozirgi va keyingi sessiyalariga raislik qilgan davlatlar TIV rahbarlari). Hozirda Saudiya Arabistoni (2014-yil), Quvayt (2015-yil) va O‘zbekistonni (2016-yil) o‘z ichiga oladi;

    -IHT Bosh kotibi;

    -Saudiya Arabistonining Tashqi ishlar vaziri (IHTning qarorgohi joylashgan mamlakat).

    Tashkilot qoshida 4 ta doimiy qo‘mita tuzilgan:

    -Al-Quddus Al-Sharif masalalari bo‘yicha (qarorgohi Rabat shahrida, Marokash);

    -Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha (COMCEC, Anqara shahri, Turkiya);

    -Axborot va madaniyat bo‘yicha (COMIAC, Dakar shahri, Senegal);

    -Ilmiy va texnologik hamkorlik bo‘yicha (COMSTECH, Islomobod shahri, Pokiston)

    To‘liq malumotlarni IHTning rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin: www.oic-oci.org.

  • ISLOM   HAMKORLIK   TASHKILOTIGA   A’ZO   DAVLATLAR


    Afg‘oniston Islom Respublikasi

    Mavritaniya Islom Respublikasi

    Albaniya Respublikasi



    Misr Arab Respublikasi     


    Bahrayn Qirolligi

    Mozambik Respublikasi

    Bangladesh Xalq Respublikasi

    Niger Respublikasi

    Benin Respublikasi

    Nigeriya Federativ Respublikasi

    Birlashgan Arab Amirliklari

    Ozarbayjon Respublikasi

    Bruney-Dorussalom Davlati

    Pokiston Islom Respublikasi

    Burkina-Faso

    Qatar Davlati

    Eron Islom Respublikasi

    Qirg‘iziston Respublikasi     

    Falastin Davlati

    Qozog‘iston Respublikasi

    Gabon Respublkasi

    Quvayt Davlati

    Gambiya Islom Respublikasi

    Saudiya Arabistoni Podshohligi

    Gayana Kooperativ Respublikasi

    Senegal Respublikasi

    Gvineya Respublikasi

    Somali Federativ Respublikasi

    Gvineya-Bisau Respublikasi

    Sudan Respublikasi

    Indoneziya Respublikasi

    Surinam Respublikasi

    Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi

    Suriya Arab Respublikasi     

    Iroq Respublikasi

    Syerra-Leone Respublikasi

    Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi     

    Togo Respublikasi

    Jibuti Respublikasi

    Tojikiston Respublikasi

    Kamerun Respublikasi

    Tunis Respublikasi


    Komor Orollari Ittifoqi

    Turkiya Respublikasi

    Kot-d’Ivuar Respublikasi

    Turkmaniston

    Livan Respublikasi

    Uganda Respublikasi

    Liviya Davlati

    Yaman Respublikasi

    Malayziya

    O‘mon Sultonligi

    Maldiv Respublikasi

    O‘zbekiston Respublikasi

    Mali Respublikasi

    Chad Respublikasi

    Marokash Qirolligi



  • MATBUOT   ISLOM   HAMKORLIK   TASHKILOTI HAQIDA

  • NUFUZLI ANJUMANGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA

    2016-yil 18-19-oktabr kunlari Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

    O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 19-avgustdagi qaroriga muvofiq ushbu nufuzli tadbirga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Sessiyada Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan uch yuzga yaqin vakil ishtirok etishi kutilmoqda.

    Islom konferensiyasi tashkiloti 1969-yil 25-sentabrda Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tgan islom davlatlari sammitida tashkil etilgan. Islom davlatlarining har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratish, turli xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik qaror topishiga ko‘maklashish uning asosiy maqsadi etib belgilangan.

    2011-yil 28-iyunda tuzilma nomi Islom hamkorlik tashkiloti, deb o‘zgartirilgan. Bugungi kunda tashkilotga 57 mamlakat a’zo bo‘lib kirgan.

    Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati Saudiya Arabistoni Podshohligining Jidda shahrida joylashgan. Bosh kotib 5-yil muddatga saylanadi. Amaldagi Bosh kotib Iyad Amin Madaniy 2014-yil 1-yanvardan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda.

    Islom hamkorlik tashkiloti xalqaro huquqning subyekti hisoblanadi. Tashkilot doirasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.

    Tashkilotning oliy organi – Islom sammiti uch yilda bir marta o‘tkaziladi. Undan keyingi muhim organ Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib, uning sessiyasi har yili a’zo mamlakatlardan birida o‘tkaziladi. 2015-yil may oyida Al-Kuvayt shahrida bo‘lgan 42-sessiyada navbatdagi sessiyani Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

    O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga 1996-yilda a’zo bo‘lgan. Shundan buyon o‘zaro hamkorlik tashkilot huzuridagi barcha tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib kelmoqda.

    Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1999-yilda Toshkentda o‘tgan Afg‘oniston mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal qilishga qaratilgan “6+2” guruhi uchrashuvini, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud tashkil etish haqidagi (1993-yil) tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

    Mustaqillik yillarida Islom Karimov rahnamoligida islom dinini rivojlantirish, mamlakatimizdagi aziz-avliyolar qadamjolarini obod etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi – ISESCO tomonidan Toshkent shahri 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilindi.

    Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, muhim tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Tashkilot vakillari 2007 va 2015-yillarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari, 2009 va 2014-yillardagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan. “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati”, “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish”, “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzularidagi xalqaro konferensiyalar va boshqa anjumanlarda ishtirok etgan.

    O‘zbekiston 2003-yilda Islom hamkorlik tashkilotining ixtisoslashtirilgan tuzilmasi – Islom taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan. O‘tgan davrda mazkur bank bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, qurilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida o‘nlab loyihalar amalga oshirilgan.

    Shu yil 18-19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi a’zo mamlakatlar hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Anjuman O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tadi. Shu vaqtdan boshlab O‘zbekiston IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislikni rasman qabul qilib oladi va navbatdagi 44-sessiyagacha unga rahbarlik qiladi.

    O‘zA

  • ...

    ...

    ...