×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:55:57 (GMT +5), shanba, 17 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkiloti

  • O‘ZBEKISTON VA IHT O‘RTASIDAGI HAMKORLIK

    1995-yil oktabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi ushbu tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. 1996-yil 2-oktabrda O‘zbekiston Tashkilotining to‘la qonli a’zosi bo‘ldi.

    O‘zbekiston 2003-yildan IHTning ixtisoslashtirilgan tuzilmasi – Islom taraqqiyot bankining a’zosi hisoblanadi. Respublika IHTning yangi Ustavini 2015-yilning 14-dekabrda imzoladi.

    IHT O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning afg‘on mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal qilish va shu maqsadda 1999-yilda Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha “6+2” guruhining uchrashuvi hamda 1993-yildagi Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya (2005-yil dekabr) Makka shahrida o‘tkazilgan IHTning navbatdan tashqari 3-sammitida ishtirok etdi. Ushbu forumni o‘tkazishni yuzaga kelayotgan global geosiyosiy vaziyat sharoitida islom mamlakatlarini hamjihatlikka chorlovchi tashkilotning yangi strategiyasini ishlab chiqish hamda IHTni zamonaviy xavf-hatar va tahdidlarga qarshi kurasha oladigan samarali institutga aylantirish zaruriyati taqazo etdi.

    Tadbir davomida O‘bekiston tomoni xalqaro tashkilotlar doirasida IHTga a’zo davlatlarning yagona pozitsiyasini ishlab chiqish taklifini kiritdi va bu taklif musulmon dunyosi davlatlarining aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, keyinchalik Tashkilotning 10 yillik dasturi matninig tegishli qismiga alohida kengaytirilgan band sifatida kiritildi.

    Ushbu hujjat bilan bir qatorda forum yakunlariga ko‘ra Makka deklaratsiyasi va yakuniy Kommyunikelar qabul qilinib, ularda islom davlatlarining birdamlikni mustahkamlashga, yangi xavf-hatar va tahdidlarga qarshi umumiy pozitsiya ishlab chiqishga intilishlari, shuningdek bag‘rikeng va ma’rifiy Islom g‘oyalarini targ‘ib etish zarurati o‘z aksini topgan.

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Boku shahrida (2006-yil iyun) bo‘lib o‘tgan IHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashining 33-sessiyasida ishtirok etdi. Tadbir davomida asosiy yo‘nalishlari O‘bekiston Prezidenti I.Karimov tomonidan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning Olmaotada bo‘lib o‘tgan (2006-yil 17-iyun) sammitida aytib o‘tilgan O‘zbekistonning hozirgi zamonning asosiy muammolarini hal qilishga qaratilgan pozitsiyasini IHTga a’zo davlatlar to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

    O‘zbekiston Respublikasi IHTning sammitlarida muntazam ravishda qatnashib kelmoqda: Dakar shahrida (2008-yil 13-14-martda) bo‘lib o‘tgan 11-sammitda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligida, Qohiradagi 12-sammitda (2013-yil 2-7-fevral) - O‘zbekistonning IHTdagi doimiy vakili boshchiligidagi delegatsiyalar qatnashgan. Istambuldagi 13-sammitda esa (2016-yil 14-15-aprel) O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining raisi boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi. Jakarta shahrida o‘tkazilgan IHTning navbatdan tashqari 5-sammitida (2016-yil 6-7-mart) O‘zbekiston Indoneziyadagi Elchisi darajasida istirok etdi.

    O‘zbekiston IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIVK) har yilgi sessiyalarida ham ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2010-yil 18-20-mayda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 37-sessiyasida ishtirok etgan. Keyinchalik TIVKning 2011-yil 28-30-iyun kunlari Ostona shahridagi 38-sessiyasida, 2012-yil 15-17-noyabr kunlari Jibuti shahridagi 39-sessiyasida, 2013-yil 9-11-dekabr kunlari Konakri shahridagi 40-sessiyalarida O‘zbekiston mos ravishda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchisi, IHTdagi doimiy vakili va Misrdai Elchisi darajalarida ishtirok etdi.

    2014-yil 18-19-iyun kunlari Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 41-sessiyasida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya 2016-yil Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor ekanligini e’lon qildi.

    2015-yil 27-28-may kunlari Al-Kuvaytda bo‘lib o‘tgan IHT TIVKning 42-sessiyasida mazkur organning navbatdagi sessiyasini 2016-yil O‘zbekistonda o‘kazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    IHTning vakillari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament (2009- va 2014-yillari) hamda prezident saylovlarida (2007- va 2015-yillari) xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdilar. 2007- va 2015-yillari IHT Bosh kotiblari Ekmeleddin Ihsanog‘lu hamda Iyad bin Amin Madanilarning O‘zbekistonga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tdi.

    2014-yil 5-6-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada IHT Bosh kotibining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Hamid Opeloyeru hamda 2014-yil oktabrda Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada esa IHT Bosh kotibining fan va texnologiyalar bo‘yicha maslahatchisi R.Nordin va ISESCOning mintaqaviy vakolatxonasi direktori A.Sadrilar boshchiligidagi IHT delegatsiyasi ishtirok etdi.

    2016-yil 18-19-oktabr kunlari “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiori ostida Toshkent shahrida IHT TIVKning 43- sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Shu vaqtdan boshlab O‘zbekiston IHT TIVKga raislik vazifasini rasman qabul qilib, mazkur tashkilotning navbatdagi 44-sessiyasigacha raislik faoliyatini yuritadi. Navbatdagi sessiyaning o‘tkaziladigan joyi va vaqti Toshkent shahridagi sessiyada belgilab olinadi.

    IHT TIV Kengashi sessiyasi bilan bir qatorda O‘zbekiston tomoni IHT Yuqori mansabdor shaxslari hamda Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasi majlislarida, IHT Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida, shuningdek sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi doirasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan IHT tashqi ishlar vazirlari koordinatsion uchrashuvlariga raislik qiladi.

    IHT TIVKning 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2016-yilning 23-28-iyul kunlari Jidda shahrida tashkilotga a’zo dalatlarning Yuqori mansabdor shaxslari hamda Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasi majlislarida ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi raislik qilgan mazkur tadbirlar chog‘ida Toshkentdagi TIVK sessiyasida tasdiqlash uchun kiritiladigan IHTning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 100 dan ortiq qaror loyihalari ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.