×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:43:03 (GMT +5), yakshanba, 8 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - iyul 2017

O‘zbekiston delegatsiyasining IHT TIVK sessiyasida ishtirok etdi

2017-yilning 10-11-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Abidjan shahrida (Kot-d’Ivuar Respublikasi) bo‘lib o‘tgan 44-sessiyasida ishtirok etdi.

2016-2017-yillarda “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasining IHT TIVKdagi rasiligi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotdan so‘ng raislikni 2017-2018-yillarda Kot-d’Ivuar Respublikasiga rasman topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

IHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari tashkilot faoliyatining dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda siyosiy, huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalar bo‘yicha rezolyutsiyalar qabul qildilar.

O‘zbekistonning boshqa a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusiga binoan “Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ta’sis etish to‘g‘risida” va “Toshkent islom universiteti qoshida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) maxsus kafedrasini tashkil etish to‘g‘risida” maxsus qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib, 2016-yilning 18-oktabrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan IHT TIVKning 43-sessiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan takliflar IHT TIVK tomonidan yana bir bor tasdqilandi/qo‘llab-quvvatlandi.

Bosh kitob Yusuf bin Ahmad al-Usaymin va tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining nutqlarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan TIVKning 43-sessiyasi va umuman 2016-2017-yillardagi O‘zbekiston raisligining muvaffaqiyatli natijalariga alohida urg‘u berildi.

Xususan, O‘zbekiston tashabbusi bilan IHT Bosh kotibiyatida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim tashkil etildi.

Kot-d’Ivuar Respublikasi Prezidenti Allasan Dramane Uattaraning sessiyadagi so‘zlagan nutqida “Yoshlik, tinchlik va birdamlik dunyosida taraqqiyot” Kot-d’Ivuar raisligining shiori sifatida ilgari surildi. Ushbu shior O‘zbekiston raisligi davridagi tashabbuslarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

44-sessiya davomida IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi yangi a’zolarining saylovi bo‘lib o‘tdi. Bizning mamalaktimizdan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Akmal Saidov 3 yil muddatga komissiya a’zoligiga saylandi.

Kot-d’Iuvarga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi IHT Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin, Birlashgan Arab Amirliklari Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit bo‘yicha vaziri Sani bin Ahmad al-Zeyudi, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Sartaj Aziz, Indoneziya Tashqi ishlar vaziri Retno Lestari Priansari Marsudi, ISESCOning Tashqi aloqalar va hamkorlik bo‘yicha direktori Ahmad Uld Bah bilan uchrashuv va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 27680