×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:42:33 (GMT +5), seshanba, 29 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - oktabr 2016

Nufuzli anjumanga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

2016-yil 18-19-oktabr kunlari Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 19-avgustdagi qaroriga muvofiq ushbu nufuzli tadbirga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Sessiyada Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan uch yuzga yaqin vakil ishtirok etishi kutilmoqda.

Islom konferensiyasi tashkiloti 1969-yil 25-sentabrda Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tgan islom davlatlari sammitida tashkil etilgan. Islom davlatlarining har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratish, turli xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik qaror topishiga ko‘maklashish uning asosiy maqsadi etib belgilangan.

2011-yil 28-iyunda tuzilma nomi Islom hamkorlik tashkiloti, deb o‘zgartirilgan. Bugungi kunda tashkilotga 57 mamlakat a’zo bo‘lib kirgan.

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati Saudiya Arabistoni Podshohligining Jidda shahrida joylashgan. Bosh kotib 5-yil muddatga saylanadi. Amaldagi Bosh kotib Iyad Amin Madaniy 2014-yil 1-yanvardan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda.

Islom hamkorlik tashkiloti xalqaro huquqning subyekti hisoblanadi. Tashkilot doirasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.

Tashkilotning oliy organi – Islom sammiti uch yilda bir marta o‘tkaziladi. Undan keyingi muhim organ Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib, uning sessiyasi har yili a’zo mamlakatlardan birida o‘tkaziladi. 2015-yil may oyida Al-Kuvayt shahrida bo‘lgan 42-sessiyada navbatdagi sessiyani Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga 1996-yilda a’zo bo‘lgan. Shundan buyon o‘zaro hamkorlik tashkilot huzuridagi barcha tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib kelmoqda.

Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1999-yilda Toshkentda o‘tgan Afg‘oniston mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal qilishga qaratilgan “6+2” guruhi uchrashuvini, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud tashkil etish haqidagi (1993-yil) tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Mustaqillik yillarida Islom Karimov rahnamoligida islom dinini rivojlantirish, mamlakatimizdagi aziz-avliyolar qadamjolarini obod etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi – ISESCO tomonidan Toshkent shahri 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilindi.

Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, muhim tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Tashkilot vakillari 2007 va 2015-yillarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari, 2009 va 2014-yillardagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan. “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati”, “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish”, “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzularidagi xalqaro konferensiyalar va boshqa anjumanlarda ishtirok etgan.

O‘zbekiston 2003-yilda Islom hamkorlik tashkilotining ixtisoslashtirilgan tuzilmasi – Islom taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan. O‘tgan davrda mazkur bank bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, qurilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida o‘nlab loyihalar amalga oshirilgan.

Shu yil 18-19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi a’zo mamlakatlar hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Anjuman O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tadi. Shu vaqtdan boshlab O‘zbekiston IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislikni rasman qabul qilib oladi va navbatdagi 44-sessiyagacha unga rahbarlik qiladi.

O‘zA



Marta o`qilgan: 10302