O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
24 - sentabr 2016

IHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

2016-yilning 23-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashdi.

Muloqot bo‘lib o‘tgan yakunlangan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi yakunlari hamda IHT va BMT institutlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda 2016-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Marta o`qilgan: 5046