O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
29 - iyul 2016

IHTga a’zo davlatlar Yuqori mansabdor shaxslarining majlisi

2016-yilning 26-28-iyul kunlari Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni Podshohligi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar Yuqori mansabdor shaxslarining majlisi bo‘lib o‘tdi.

IHTda ishtirok etuvchi davlatlar vakillari Tashqi ishlar vazirlarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qilishdi hamda tashkilotni yanada rivojlantirish, global va mintaqa kun tartibiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Majlis davomida 2016-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida IHT TIVKning 43-sessiyasi davomida tasdiqlash uchun kiritilishi rejalashtirilayotgan hisobot va qarorlarning loyihalari ko‘rib chiqildi.



Marta o`qilgan: 5397